Musiqa cholg’u asbobi tovush manbalariga qarab guruhlarga, ijrochilik uslubi yoki ishlatilgan mexanizmiga qarab guruhchalarga , o’ziga xos qo’shimcha belgilariga qarab xillarga bo’linadi. Musiqa cholg’u asbobi asosan torli xordafonlar, puflab chalinadigan aerafonlar, teri qoplamali membranofonlar , tilchali gemidiofonlar, plastinkali , elektr va elektron musiqa cholg’ulari, aidofonlar guruhlarga bo’linadi. Torli cholg’u asboblarining guruhchalari: kamonli sozlar skripka, alm, violonchel, kontrobas, viola, o’zbek sozlaridan g’ijjak , qo’ybiz, samo va boshqalar chertib chalinadigan sozlar arfa, gusli, sitra, gitara, do’mra, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, do’mbira urib chalinadigan turli sozlar chang, sambali klavishli chertib chalinadigan sozlar klavesin va uning turlari, puflab chalinadigan cholg’u asboblarining guruhlari; tilchali sozlar, sunray, qo’shnay, bo’lamon, shoxnay, klarnet, goboy, tilchasiz sozlar naylar, fleytalar, mundshtukli sozlar truba,valtorna, tuba, karnay, pnevmatik klavishli sozlar; organ va uning turlari.