воскресенье, 25 октября 2015 г.

Bosh qomusimiz


Konstitutsiya bu bizning huquqimizdir



Konstitutsiya! O’zing yagona,

Qonunlar ko’p ammo sensan bir dona.
Yurtingda toabad hukumron bo’lsang,
Kelajak qadam doim mardona.


Konstitutsiya davlatning qiyofasi va vazifasini belgilaydi. Anashu qonunlar  asosiy qonunlari bo’lib, konstitutsiyaviy tuzim, davlat qurilishi va asoslarini, fuqarolar huquq va erkinliklarini  belgilab beradi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarini tuzishni tartibga solib turadi, saylov tizimini joriy etadi, davlat ramzlarini belgilaydi va Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibini belgilab qo’yadi.  Davlatimiz Prezidenti I.A.Karimov  ham shunday takidlaydilar: “Biz qonun ustuvorligiga erishganimizdagina o’zimiz uchun maqsad qilib qo’ygan adolatli erkin jamiyat, farovon hayot barpo etishimiz mumkin. Bunu hech qachin unutmasligimiz, u barchamiz uchun hayotiy kuchga aylanmog’i lozim. Shunday  ekan, jamiyat hayoti mezoni bo’lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o’rganishimiz, uning manosiga yetib borib, amaliy hayotimizni doimiy qo’llanmasiga  aylantirishimiz darkor. Men Konstitutsiyani bolalar bog’chasidan boshlab o’rganishni,  maktablarda darslik tariqasida o’tishni, oily o’quv yurtlarida maxsus dars sifatida o’rganishni, bugun barcha mutasadi rahbar va  tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida aytmoqchiman. Toki o’qib – o’sib  kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning  ma’no- mazmunini, u  xalqimizning istiqlol yillarida  erishgan ulkan tarixiy  yutug’i ekanini teran anglab yetsin” – deb etirof etganlar. Yuqorida aytilgan fikrlar  bugun ham dolzarbdir. Konstitutsiyamizni o’rganishning  zarurligini turmushning o’zi ham taqazo etadi.  Chunki qonunlarni bilmaslik masalasining bir tomoni  bo’lsa, unga rioya qilmaslik ikkinchi tomonidir. Xullas, Konstitutsiyamizni chuqur o’rganish fuqarolarni o’zini – o’ziga tanitadi. Istiqlol imkoniyatlaridan foydalanib, samarali mehnat va ijod qilishga huquqiy zamin yaratadi. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий