Shifobaxsh ne’matlar
Tabiat insonlar uchun mo’jizakor o’simliklar dunyosini hadiya etganki , o’z dorivorlik
Xususiyati bilan ko’plab xastaliklarga davo bo’lgan o’simliklar dunyosi necha asirdirkiInsonlarning salomatliligi yo’lida xizmat qilib kelmoqda .
Shifobaxshlik xususiyati bilan juda qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan, eramizdan 3000 yil avval turli xil xastaliklarni davolashda qo’llanilgan shirinmiya o’simligining shifobaxshlik xususuyati borasida yana bir bor so’z ochmoqchimiz .
Tibbiyotda shirinmiyaning ildizi va ildizpoyasidan tayyorlangan dorilar va ekzema va neyrodermit ,tromboflebit tufayli vujudga kelgan trofil yaralarda ,shirincha ,diater ,stamatologiyada yig’ma choy sifatida stamatit , ginginit , paradon angina , yiringli og’ir kasalliklarda ,tish og’rig’da ,meda o’n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida,zaxarlanish ,Addison kasalligi , bod , belangi ,bug’ma , sil ,chipqon ,teri kasalliklarini davolashda qo’llaniladi .
Shirinmiya o’simligining priparatlari : nafas yo’llari kasallanganda , balg’am ko’chiruvchi ,surunkali qabziyatda ,yengil surgi dori, gliciram ,astma ,ekzema alergiya , denmatit , liviritronyallig’lanishida ,spasimga qarshi qo’llaniladi .
Kundalik turmushda shirinmiya o’simligi ildizi bilan damlama , yig’ma choy sifatida qo’llansa bo’ladi .
Masalan: Shirincha ,diater kasaliklarida ;
- Og’izi yopiladigan sirli idishga ikki osh qoshiq yig’ma ( shirinmiya ildizi quritilib maydalangan xolatida ) solib ustiga 1 stakan qaynab turgan suv qo’yiladi va 15 minut damlab qo’yiladi . Bunda u tez –tez aralashtiriladi . So’ngra idishni olib xona xaroratida 45 minut sovitiladi , ikki qavat dokadan suziladi . Kuniga 2 stakandan ichiladi .
Stamatologiyada :
Yig’madan 5 osh qoshiq olib ,yarim litr qaynab turgan suvga solinadi va 30 minut damlab qo’yiladi , sovutiladi, dokadan suziladi . Bu damlama – stomatit , ginginit , paradon ,angina hamda boshqa yallig’lanish , yiringli og’iz kasalliklarida ,tish og’rig’ida kuniga 5-6 marta og’iz chayiladi Meda va 12 barmoq ichak yara kasalliklarida.
Bunda 1:10(10 gr maydalangan shirinmiya ildizi 100 ml qaynagan suvga solinadi ,chayqatiladi ,dokadan suziladi ) nisbatdagi damlama meda ichak sanchig’da kuniga 3-4 mahal ovqatdan 20 minut oldin 1/3 stakandan ichiladi . Meda va 12 barmoq ichak yara kasalliklarida uxlashdan oldin 1 stakandan ichiladi . Ekzema va neyrodermit kasalliklarida :
Shirinmiya ildizi damlamasidan kuniga 3 maxal ovqatdan oldin 1/3-1/2 stakandan ichiladi. Tromboflebit tufayli vujudga kelgan trofik yaralarda :
-Shirinmiya ildizi damlama sifatida 3 maxal ovqatdan oldin 1/3 stakandan ichiladi. Tibbiyotda dori –darmon ishlab chiqarishda , shuningdek oziq –ovqat ,kimyo va kon
Metallurgiya sanoatida ham ishlatiladi .
Tarkibi jihatidan jenshenga taqqoslanuvchi shirinmiya o’simligining kimyoviy
tarkibi nimalardan tashkil topganligi xaqida to’xtalib o’tamiz .
Kimyoviy tarkibi . maxsulot tarkibida 24 % gacha glucirrizin ( uch asosli glicirirzin kislotaning kaliyli va kalsiy tuzi ) bo’ladi. Glisirizin likozitlarga o’xshash modda bo’lib triterpin saponinlarga
kiradi . U qandga nisbatan 40 marta shirin gidrolizlanganda qand o’rniga ikki moloekula glyukuron
kislata (shuning uchun xaqiqiy glikozid emas ) hamda bir asosli glicirretin kislata (aglyukon )
hosil qiladi . Qizilmiya ildizida yana 28 taga yaqin (4 % atrofida ) flavonoidlar (likviritin,likviritozit
Izolikvirtin ,likurozid ,lakrozid ,glabrozid , izoglabrozid ,glikozidlari va larning aglikonlari ) ,glycerin
va glikozarin ( 2-metil -7-oksi -8-asetil -izoflavan ) birikmalari ,2-4 % achchiq modda , triterpenoid
oleanan , efir moyi ,vitamin C , asparagin , 6-34 % kraxmal 20% gacha mono va disaxaridlar
pestin va boshqa moddalar bor . Qizilmiyaning yer ustki qismi afon glikozidlarga bor.
undan kversitin ,izokvercetin ,kempforol ,astragallin ,izoramnenin ,folerozit ,glifozit ,saporetin
viteksin ,glabranin va boshqa flavonoidlar ajratib olingan .Glicerrizinning suvdagi eritmasi
chayqatilsa saponinlar singari turg’un ko’pik hosil qiladi ,lekin qizil on tanachalarini eritmaydi ,ya’ni
qonni gemoliz qilmaydi , faqat gidroliz natijasida hosil bo’lgan aglikoni –gilitsirin kislata reaksiyasini
beradi.
Xaitova Ma’rifat bilan tayyorlandi
Комментариев нет:
Отправить комментарий