суббота, 12 декабря 2015 г.

SO'Z SEHRI OLAMI


                               She’riyatga nazar

Qo’lga  qalam oldim bitish uchun ash’or,
Ilhom kelmaydiku meni so’roqlab.
Ayting neni yozayin takrorlab bot-bot,
Hayot jumboqlari qiziqku qarang.

Bir qo’lda qalam, bir qo’lda qog’oz,
She’r-u asar bitishga bisyor bu so’zlar.
Ilhom yetishmaydi, mittigina soz,
Tilim ham aylanmay, qofiya yo’q biroz.

Huddi yashin urganday hayol qoshimda,
Qo’rqitdi yuragim tik o’rtasini,
G’oyib bo’ldi tushda shuncha hayollar,
Qalam, qog’oz olishga ulgurmay sira.

So’zlarim oddiydir go’yo bir ermak,
Men vaqt tanlamayman bitishga ertak.
Shunchaki ilhom meni kelsa so’roqlab,
Shu paytda bir asar bitishim kerak!

Xoh chin bo’lsin birovga, xoh bir yolg’on,
Haqiqat asrida haqiqat ayon.
Kitobxon tanlamaydi kitob jildini,
Unga aziz bo’lsin shoir degan nom!





Комментариев нет:

Отправить комментарий