Ayting shoirlarni nima qiynaydi?
Hayol yetaklaydi samolar tomon,
Qo’limda qalam titraydi qalbim.
Ne uchun, ne uchun tug’ular savol,
Ayting shoirlarni nima qiynaydi?
Nima yetaklaydi mahzun o’tmishga,
Nima chorlamoqda qalam tutishga.
Huddi kuzning nafasi aytganday
hamon,
Qalbni o’rtadi bir nozik
tuyg’ular,
Bir lahza zir etib yurak
torlari .
Yana
o’sha ohang, o’sha savollar,
Ayting shoirlarni nima qiynaydi?
Har
quyosh botganda sokinlik mahzun,
Murg’ak
go’dakning uyqusi kabi .
Xona
sukunatga cho’kkanday bugun,
Ayting
shoirlarni nima qiynaydi?
Mo’yqalam
qalblarga orom baxsh etib,
Shoirlar
aksini senda ko’raman.
Yurakda
zir-zir savol tinmaydi,
Ayting
shoirlarni nima qiynaydi?
Balki men ham bir kun davrada turib,
Shoirlik
sharobidan bir qultum yutib.
Shunda
buyuk shoirga bir savol beray,
Ayting shoir sizni nima qiynaydi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий