суббота, 12 декабря 2015 г.

SO'ZIMNING NURISIZ AZIZSIZ, USTOZ


                                                  Ustoz

                      
Qalbida duk urgan sog’inch hislari,
Olisdan boqadi mungli ko’zlari.
Bugun mehr ila yangrar so’zlari,
Ko’zimning nurisiz,so’zimsiz ustoz.

Hayot yo’larimni nurafshon aylab.
Bilim yog’dusini ko’zimga boylab.
Maqsad ila olisga yo’l boshlab hamon,
Yuragimning uchquni, so’zimsiz ustoz.

Qay yo’llarga yurishni bilmasdim sira,
Menda yo’q edi o’sha orzu va ayol.
Ilk bora qo’l berdi maqsad umid ila,
Siz o’sha orzusiz, uchqunsiz ustoz.

Qarang ustoz bog’ingizda bulbul sayraydi,
Nahot endi niholingiz ko’kni chorlaydi.
Ortingizdan bir yurt qolar buyuk, navqiron,
Shu yurtimning qalqonisiz, padari ustoz.

Qalam olib qo’limga bitsam men ash’or,
Shoirlikning o’choqlari bunga kam bo’lar.
Balki hozir bilinar, bilimmas ammo,
Ustoz ta’rifizga doston oz bo’lar.

 Men kimman shoira yoki havaskor,
Bugun aziz insonimni kuylagim keldi.
Sahnada turibman sof dilda tanho,
Ustoz sizni bugun qutlagim keldi.







Комментариев нет:

Отправить комментарий