O’zbekistonda musiqa asosan xalq va og’zaki an’anadagi professional musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq musiqasida lapar, terma, alla qo’shiqllarining turli marosim, maishiy mehnat, o’yin raqs lirik, nasitanamuz va boshqa xillari bor. Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholg’u yo’llari kabi janrlar mavjud. O’zbek musiqa merosida 4 ta asosiy maxalliy uslubni farqlash mumkin. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslubi, Farg’ona –Toshkent musiqa uslubi, Surxondaryo-qashqadaryo musiqa uslubi.
XX asrda o’zbek va boshqalar O’rta Osiyo xalqlari musiqa merosini yozib olish va o’rganish bo’yicha muhim ishlar bajarildi. Yuzlab nota to’plamlari va boshqa kitoblar nashr etildi. Bastakor va xofiz sozandalar o’zbek musiqa merosi durdonalari Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg’ona –Toshkent maqom yo’llarini keng targ’ib qilibgina qolmay yangi cholg’u va ashulalar yaratadilar. Dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallifi bo’lishdi. 1930-yilning 40-yillarida O’zbekistonda avvallari bo’lmagan yangi opera, balet, simfonik musiqa kamer va musiqa konsert kabi musiqa janrlar vujudga keldi. Ular ayniqsa, 1950-yil 60-yillarida boshlab O’zbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi. Shuningdek, ommaviy musiqaning estrada musiqasi , yoshlar musiqasi kabi yo’nalishlari ham keng yoyilgan.
XX asrda o’zbek va boshqalar O’rta Osiyo xalqlari musiqa merosini yozib olish va o’rganish bo’yicha muhim ishlar bajarildi. Yuzlab nota to’plamlari va boshqa kitoblar nashr etildi. Bastakor va xofiz sozandalar o’zbek musiqa merosi durdonalari Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg’ona –
Комментариев нет:
Отправить комментарий