Zamonaviy cholg'ular
Violonchel (italyan)- skripkasimonlar oilasiga mansub torli kamonli soz. Bas –tenor registirli. 4 tori kvinta oralig’ida sozlanadi. Diapazoni 5 oktavaga yaqin. Umumiy uzunligi 155sm ijro paytida violonchelni tik holatda ushlab sahnaga qo’yishadi. XV asr oxiri XVI asr boshida Yevropada xalq kamonli sozlari rivoji natijasida yuzaga kelgan. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambillar va orkestirlar tarkibida ishlatiladi. O’zbekistonda violonchel ijrochiligi XIX asr oxirida shakillangan. O’zbekiston kompozitorlaridan S.Jalil va orkert uchun konsert G.Mashuel, N.Zokirovlar turli pyessalar yozgan.
Kontrobas (ital kontrobasso)- skropkalar oilasiga mansub sozlarning eng kattasi. Bo’yi 2 m gacha eng past ovozli torli – kamonli musiqa cholg’ asbobi. XVII asr o’rtasida italyan ustasi M.Todini ixtiro qilgan. Kvarta oralig’ida sozlanadi. To’rtta tori E-A-D-G bor. Kontrobas ko’proq arkestir va ansambilda, ba’zan yakkanavoz soz sifatida qo’llaniladi. Mashxur virtuozlar- J.Bottezin (Italiya), E.Nanni (Fransiya), S.Kusevitkiy, R.Azarxin (Rossiya) va boshqalar. Boshqa musiqa asboblarining eng yo’qon ovozli turlari ham kontrobas deb ataladi. Masalan, tuba-kontrobas, tronbon-kontrobas, balalayka- kontrobas. O’zbek xalq cholg’ulari orkestiri uchun qayta ishlangan sozlar orasida dutor-kontrobas, g’ijjak-kontrobaslar ham mavjud.
Комментариев нет:
Отправить комментарий