вторник, 28 июля 2015 г.

Simfonik musiqa

                                  Arfa


Arfa (nem –harfe, ital- arpa) – uchburchak shaklidagi qadimiy torli, tirnama soz. Dastlabki tasvirlari miloddan avvalgi 3- ming yillika taalluqli. Oddiy ko’rinishdagi arfa jahonning deyarli barcha xalqlarida uchraydi. Turli xalqlar orasida qadimdan tarqalgan. Gruzinlarda –changi, abxazlarda –ayuma, osetinlarda-duadastanon, mansillarda tor – sapl-yux va boshqalar O’rta Osiyoda qo’llanilgan chang deb yuritiladigan soz arfaning o’tmishdoshi bo’lgan. Ayriton friziyada I-II asrlarda 13 torli arfa chalayotgan ayol tasvirlangan.  Hozir arfaning 44-46 torli bo’lib diatonik demol majorda sozlangan, vertikal diapazoni uchburchak shaklidagi ramaga tortilgan.
Xpomatik tovushlarni sadolashtirish va boshqa tanalikka o’tkazish uchun pedal mexnizmidan  XIX-asrda fransuz ustasi S.Erar ixtiro qilgandan foydalaniladi. U ikki vazifani – torlarni qisqartirish va sadoni ayrim ton yoki bir tonga balandlatish yoki pastlatish uchun xizmat qiladi. Orkestrda, ansambilda yakkanavoz yoki jo’rnavoz soz sifatida ishlatiladi. Arfa tovushi mayin va yoqimli.  I.Bax, G.Gendel, M.Motsart,M.Ravel kabilar arfaa uchun yakkanavoz asarlar yaratishgan. O’zbekistonda arfa  simfonik va orkestrlari sifatida ishlatiladi. 50-60- yillarda Toshkent karservatoriyasida arfa sinfi bo’lgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий