Musiqa cholg’u asboblari ba’zida xalq va professional turlarga ham bo’linadi. Orkestr cholg’ulari kompozitor tomonidan yaratilgan, temperatsiyali tovushqatorga asoslangan ko’p ovozli musiqa asarlari ijrosiga moslashritilgan. Xalq cholg’ulari esa ma’lum millat elat monodik musiqa ijrosi uchun qo’llaniladi va musiqiy tovush quroli bo’lish bilan birga , moddiy madaniyat mahsuli hamdir; mukammal shaklida xalq badiiy tafakkuri, nafosat tasavvurlari, ramziy ma’nolar aks etgan.
Cholg’ular xalq hayotida sof estetik vazifa bajarishdan tashqari shomin-baxshilar, afsungarlar ruhiyatiga ta’sir o’tkazishda , harbiylar, cho’ponlar, dehqonlar tomonidan boshqaruvchi, qo’rqituvchi, chorlovchi tovush quroli sifatida foydalanib kelingan.
Musiqa inson ongiga ilk marotaba ona allasi ila kiruvchi, hayotning jo’shqin his tuyg’ularini ifodalovchi bir olam. Inson yaralibdiki, u hayot ohanglarini eshitmasdan uni yorqin his qilmasdan ulg’aymaydi. Musiqa anashu his tuyg’ularni, mehr va muhabbatni o’zida aks ettiruvchi yagona kuch. Uning yaralish tarixi ham anashu kuch ostida birlashgan. Bundan tashqari uni yanada semazmun qilish, hayot va olamni birlashtirish uchun ham unga kerakli bo’lgan bir qancha vositalar mavjud. Bu vositalar qo’shiqning taralishini aks ettiradi. Har bir davlat, yoki mamlakatning o’z milliy, odatiy qo’shiqlari, cholg’u asboblari mavjud. Cholg’ular xalq hayotida sof estetik vazifa bajarishdan tashqari shomin-baxshilar, afsungarlar ruhiyatiga ta’sir o’tkazishda , harbiylar, cho’ponlar, dehqonlar tomonidan boshqaruvchi, qo’rqituvchi, chorlovchi tovush quroli sifatida foydalanib kelingan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий