Torli, tirnama
musiqa asbobi
Soz –markaziy osiyo musiqa asboblarining umumiy ifodasi. Torli tirnama musiqa asbobi. Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Yog’ochdan yasaladi, noksimon kosasi pardalar bog’langan uzun dastasiga yelimlab ulanadi. Umumiy uzunligi 70-80 sm, 5 tadan 9 tagacha sim torlari merzob bilan chalinadi. Ular odatda kvarta-kvinta bilan sozlanadi. Soz asosan oshiqlar, xonandalar ohangiga jo’r cholg’u asbobi sifatida, shuningdek xalq cholg’u ansambili sifatida ishlatiladi.
Sitor – xind va pokiston torli tirnama cholg’u asbobi dehli sultonligi davri XIII-XIV asrlardan Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Keng va uzun dastasiga siljuvchi uzun pardalar 19 dan 23 gacha o’rnatilgan. Unda yetti asosiy va yon quloqlariga 13 aks sado beruvchi simlar tortilgan. Qovoqdan qilingan asosiy kosasining ustiga yupqa taxta bilan qoplangan bo’lib, qo’shimcha kosasi ham bo’ladi. Nolalarga boy ovozi, jarangdorligi, virtuozlik imkoniyatlarining kengligi hind mumtoz musiqa ansambillarida sitordan asosiy cholg’u sifatida foydalaniladi. Manbalarda ko’rsatilishicha sitorni takomillashgan va ilk mohir ijrochisi Xusrav Dehlaviy hisoblanadi. XX asrda sitor ijrichilaridan G’afur Muhammadxon , Barkat Ali, Olouddin Xon va boshqalar mashxur bo’lgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий