QASHQAR RUBOBI
Rubob- torli cholg’u musiqa abobi. Nohun (mediator) bilan chertib chalinadi. O’rta asrdan Sharq, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo xalqlarida keng tarqalgan. Bazi olimlarning fikriga ko’ra qadimiy ikki torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozirda asosan uch turi mavjud: qashqar, pomir,afg’on ruboblari.
Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm, cho’michsimon kosasi tut va boshqa qattiq go’lachalaridan o’yib yasaladi va ustiga qattiq teri qoplanadi. Dastasi uzun, uchi orqaga qayrilgan bo’lib, kosadan boshlanadigan joyiga qo’chqorga o’xshash ikkita gajagi mavjud. Dastasiga pardalari 19 tadan 23 tagacha ichakdan, hozir metaldan qilinadi xromatik tovush qatorni tashkil qiladi. Qashqar rubobining 5 ta tori odatda kvarta -kvinta oralig’ida sozlanadi. Diapazoni 3 oktavaga yaqin. Tovushi jarangdor. Ijrochilikni o’zlashtirish birmuncha yengilligi mohir sozandalar- M. Mirzayevning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan O’zbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab bo’lgan. Qashqar rubobining zamonaviylashqa qayta turi rubob –prima o’z imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metal tori kvinta oralig’ida sozlanadi. Orkestrda va yakkasoz xonandalarda ishlatiladi.
O’zbek bastakorlaridan M.Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov , N.Qulabdullayev, kompozitorlaridan I.Xamroyev, M. Bafoyev va boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий