Torli musiqa asbobi
Skripka
Skripka (slavyan- g’ijirlamoq) -torli kamonli musiqa cholg’u asbobi. Skripkasimon cholg’u asboblari orasida skripka, alt, violonchel, kontrabas yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta torli intervalli kvinta bo’yicha sozlanadi. Diapazoni 4 ta oktavadan oshiq. Umumiy uzunligi – 600 mm, skripkaning klassik shakli XV-XVI asrlarda Italiyada va Fransiyada vujudga kelgan. XVII-XVIII asrlardan yakkanavoz san’ati rivojlanib kelmoqda. Skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada XIX asrdan virtuoz skripkachi va mashxur kompozitorlar N.Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta bo’ldi. XX asr skripkachilarining F.Kreys (Avstriya), I.Menuhin (Angliya) kabi mashxur, O’zbekistonda M.Reyson, N.Pover kabilar skripka sohasida tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan M. Yaminov, N.Xoliqov kabilar xalqaro tanlovlarda g’alabalarni qo’lga kiritishgan. O’zbekiston kompozitorlari skripka uchun konsertlar, asarlar yaratishgan. XX asr boshlarida O’zbekistonda Andijon maktabida sozandalar skripani g’ijjak sifatida ishlatishadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий