Musiqaning yaratilishi
Musiqaning paydo bo’lishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan. Hissiyotga to’lgan nutq ohangi, qushlarning sayrashi va hayvonlarning o’z juftlarini chaqirishi, ibtidoiy odamlarning mehnat usullari va ularning chaqiriq tovushlari, jodu-sehrlash marosimlari musiqaning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq mutafakkirlari ham musiqaning vujudga kelishi muammosi haqida ilmiy mulohazalar ham qoldirishgan. Musiqa tarixini Farobiy inson nutqini shakllanish jarayoni hissiyotlari bilan bevosita bog’liq holda, Ibn Xaldun XIV asrda esa –ijtimoiy tizimlarning shakllanish qonuniyatlariga asoslangan holda tushuntirishgan.
Zamonaviy musiqashunoslik fani arxealogiya va etnografiya ma’lumotlaridan kelib chiqib musiqa san’atining ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa san’at turlari raqs, she’riyat va boshqalar bilan qorishma xolda paydo bo’lishini asoslab beradi. Bunda musiqaning ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bo’lib xizmat qiladi va ayni vaqtda jamiyatga zarur axloqiy -ma’naviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini ko’zlaydi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий