Musiqa bezaklari- o’zbek an’anaviy musiqa ijrochiligida ohang ifodaviyligini boyitish maqsadida qo’llaniladigan musiqa vositalari. Kuyning asosiy pog’ona tovushlarini turli usulda –tebratish to’lqinlatish, qo’shimcha tovushlar bilan bezash girift, sayqal,qashish, molish, nola, nolish va boshqa yo’l bilan hosil qilinadi.
Musiqa cholg’u asboblari- musiqiy ton yoki o’ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma’lum ritmik tuzilmalarni hosil etishga mo’ljallangan cholg’u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa turli ansamb, orkestr va boshqa tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg’u asbobining sadosi o’ziga xos tembr, ma’lum diapazoni tovushqator va ifodaviy imkoniyatga ega.
Musiqa cholg’u asbobining sadosi o’ziga xos tembir, ma’lum diapazoni tovushqator va ifodaviy imkoniyatga ega. Musiqa cholg’u asbobi sadosining sifati, ko’pincha muayyan cholg’u asbobining shakli umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatiladigan materiallarga bog’liq. Musiqa cholg’u asbobi qadimdan qamish, bambuk, yog’och, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos yong’og’i, qovoq va boshqadan tayyorlangan. Sadolanish xususiyatini qo’shimcha vositalarmas., surdinadan foydalanish, ijrochilik uslublari mas torli sozlarni tirnab chertish chalish, flajolet, ba’zi musiqa bezaklari yordamida o’zgartirish mumkin. Paydo bo’lishi insoniyat tarixining ilk davrlariga to’g’ri keladi. Mukammalanishi esa musiqa san’ati va ijrochiligining rivojlanishi hamda musiqa cholg’u asbobini chertish texnikasi taraqqiyoti bilan bog’liq.

Комментариев нет:
Отправить комментарий