Changqobuz – chang tilchali cholg’u asbobi. Jahon xalqlarida turli nomlar bilan atalgan. Plastinkasimon va changaksimon turlari tarqalgan. Suyak, yog’och, qamish, metaldan temir, mis, kumushdan yasaladi. Changqobuz chap qo’l bilan tishlarga yaqin ushlanib, tilchasi o’nga bog’langan ip yordamida tortib yoki o’ng qo’l barmoqlari bilan tirnab, bazan kichik tayoqchalar bilan chalinadi. Unda ma’lum balandlikdagi umumiy bir ovoz obertonlaridan og’iz artikulyatsiyasi yordamida muayyan ohanglar chiqariladi. Bunda og’iz tabiiy resonator ro’lini o’ynaydi. Ovozning pastligi, diapazonning torligi kvarta-kvinta hajmi tufayli changqobuzda repertuari oddiy, kichik kuylar chalinadi. O’tmishda o’zbeklarda suyak changqobuz vat temir changqobuz bo’lib, asosan xotin- qizlar chalgan. Ko’pchilik xalqlarda hozir temir changqobuz ishlatiladi. Qirg’izlarda temir changqobuz estrada ijrochiligida keng o’rin olgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий