вторник, 28 июля 2015 г.

Sopoldan yasalgan cholg'u

                                Qadimgi navo 
Bug’ (arab- mutuz,shox)- burg’u shox, sopoldan yasalgan qadimiy puflama cholg’u. Odamalarni   to’plash va ogohlantirishda ishlatilgan. Burg’uning puflanadigan uch tomoni ingichka bo’lib, yonida teshik parda yo’q.   Bir xil, lekin ancha olisda eshitiladigan tovushlar chiqaradi. O’rta Osiyoda ayniqsa Amir Temur va Temuriylar davrida lashkarlarga nog’ora, karnaylar qatori muayyan hizmatlari uchun burg’u topshirilganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
       Bo’lamon (balabon) – Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Qadimdan mashxur ayniqsa XV-XVII asrlardagi bo’lamonchi sozandalar nomi tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Tashqi ko’rinishi kichik surnaysimon bo’sada noyining ichki kengligi uzunasiga bir xil. Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha o’rnatiladi. Asosan, tut yog’ochidan yasaladi.
Barmoqlar uchun mo’ljallangan 7 ta teshigi yuzida, bittasi orqa qismida bo’ladi. Bo’lamon sibizg’aning takomillashtirilgan turi bo’lsada, soddalanish kuchi, tembr xususiyatlari hamda ijro imkoniyatlariga ko’ra qo’shnayga yaqin. Diapazoni taxminan ikki oktava. O’zbekistonning Xorazm vohasi va qisman Qoraqalpog’isonda tarqalgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий