Musiqa san’ati
Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli, ma’noli jarayonlar singari musiqa ham muayyan ma’lumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoniyatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland -pastligi ingichka- yo’g’onligi, uzun –qisqaligi va boshqalar vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan musiqa nutqqa, nutq intonatsiyaga o’xshaydi.
Insonning musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ijod, ijro va tinglash. Har bir bosqichida asarning maznun mohiyati va shakli o’zgacha ko’rinishga ega bo’ladi. Ijod bosqichida badiiy g’oya va shakli muallif ongida mushtarak xolda tug’iladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyoqarashi estetik tasavvurlari, shaxsiy tajriba va mahoratiga mos ravishda o’zgartiriladi. Turli uslublarda musiqa ijochiligi ahamiyati turlichadir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий