вторник, 28 июля 2015 г.

Ajoyib san’at

   Jahon musiqasi
Valtorna (nem.-o’rmon burg’usi) mundshtukli puflama soz. Tovush tembirining nafisligi bilan boshqa mis puflama sozlardan farq qiladi. XIX asrning boshida xromatik ventildi turi paydo bo’lgan. Unda joylashgan qo’shimcha naychalar yordamida ijrochi asosiy havo yo’lini o’zgartirib, barcha xromatik tovushlarni chalish mumkin. Hozirgi vaqtda asosan “fa’ ba’zan “si-bemol” sozida chiqariladi. Diapazoni taxminan 3,5 oktava. Vartorna simfonik va puflama sozlar orkestirlarida, kamer ansambillarda va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi.
                                Vina
Vina (Sanskrit)- torli tirnama hind musiqa cholg’u asbobi. Tirnoqlar bilan yoki ko’rsatgich va o’rta barmoqlarga kiydirilgan nohunlar bilan chertib chalinadi. 20 ga yaqin turi mavjud. Eng mukammali – sarasvati vina Jan Hindistonda tarqalgan bo’lib professional musiqa ijrochiligida keng qo’llaniladi. Unda 4 asosiy va 3 qo’shimcha sadolanuvchi tor 19-24 surma parda bo’ladi. Tovushi mayin, serjilva, tembr ranglariga boy, musiqa imkoniyatlari keng.

Комментариев нет:

Отправить комментарий