четверг, 17 декабря 2015 г.

BAXTIMIZGA BOR BO'LING AZIZ, SHIFOKORLAR


Шифокорларга


Бордир хаёт гулининг нафис боғбони,
Бордир само куйининг ажиб колкони .
Хаётга бахш берувчи, шифо берувчи,
Бордир ўзбегининг азиз шифоркорлари.

Дард чекса ғамларига шерик бўлгайдир,
Хатто гўдак калбига ором топгайдир.
Инсон нафаси ила бирга бўлгайдир,
Бордир ўзбугимнинг азиз шифокорлари.

суббота, 12 декабря 2015 г.

MEN ORZU QANOTIDA KICHIK NIHOLMAN


                                                    Orzu





                   
Kapalak misoli beg’ubor tuyg’u
Dillarga oshifta sen mangu urg’u
Ezgulikka boshlovchi eng sof, ezgu
Buncha go’zal orzusan musafo, mangu.

SHOIR QALBI


                      Ayting shoirlarni nima qiynaydi?



Hayol yetaklaydi samolar tomon,
Qo’limda qalam titraydi qalbim.
Ne uchun, ne uchun tug’ular savol,
Ayting shoirlarni nima qiynaydi?

Nima yetaklaydi mahzun o’tmishga,
Nima chorlamoqda qalam tutishga.
Huddi kuzning nafasi aytganday hamon,
Ayting shoirlarni nima qiynaydi?

SO'ZIMNING NURISIZ AZIZSIZ, USTOZ


                                                  Ustoz

                      
Qalbida duk urgan sog’inch hislari,
Olisdan boqadi mungli ko’zlari.
Bugun mehr ila yangrar so’zlari,
Ko’zimning nurisiz,so’zimsiz ustoz.

BAHOR SENI SOG'INDIM

                                  Men bahorga oshiqib, zorman























Kurtak ochgan sokin dillarga,
Nafislikni baxsh etgin hayot.
Eng pokiza mahzum dillarga,
Sen oxista kirib kel bahor.

O, bahor qirlaringda lolayizorman,
Taftinda men kurtak ochgan niholman.
Nafasingni intizor kutgan,
Men bahorga oshiqib zorman.

SO'Z SEHRI OLAMI


                               She’riyatga nazar

Qo’lga  qalam oldim bitish uchun ash’or,
Ilhom kelmaydiku meni so’roqlab.
Ayting neni yozayin takrorlab bot-bot,
Hayot jumboqlari qiziqku qarang.

Bir qo’lda qalam, bir qo’lda qog’oz,
She’r-u asar bitishga bisyor bu so’zlar.
Ilhom yetishmaydi, mittigina soz,
Tilim ham aylanmay, qofiya yo’q biroz.

воскресенье, 25 октября 2015 г.

вторник, 4 августа 2015 г.

Tabiat ne'mati

                       Shifobaxsh ne’matlar
    

          Tabiat  insonlar  uchun  mo’jizakor  o’simliklar dunyosini  hadiya  etganki  , o’z dorivorlik
Xususiyati bilan  ko’plab xastaliklarga davo bo’lgan  o’simliklar dunyosi necha asirdirkiInsonlarning salomatliligi yo’lida xizmat qilib kelmoqda .
          Shifobaxshlik  xususiyati bilan juda  qadim zamonlardan  ma’lum bo’lgan,  eramizdan 3000 yil avval   turli xil xastaliklarni    davolashda qo’llanilgan shirinmiya o’simligining shifobaxshlik  xususuyati  borasida  yana  bir bor so’z ochmoqchimiz .

вторник, 28 июля 2015 г.

O'zbek xalq milliy cholg'u asbobi, san'ati va shukuxi

   G’ijjak an'anaviy cholg'u
    Gijjak- o’zbek xalq cholg’ulari an’analariga boy bo’lib, uning kelib chiqiqshi uzoq o’tmishga taqaladi. O’rta Osiyo, hususan O’zekistonning hozirgi hududida arheologik qazish jarayonida topilgan musiqa asboblari va ijrochilarning tasviri tushirilgan juda ko’p moddiy-madaniy yodgorliklar bunda dalil bo’ladi. Gijjak azaldan xalqimizning azaldan sevimli cholg’ularidan biri hisoblangan. Uning kelib chiqishi X-XI asrlarga to’g’ri keladi.

Jahon xalq san'atida musiqa asboblari...

            Lira


 Lira qadimiy torli tirnama yunon musiqa cholg’usi. 7-11torli bo’lgan. Chap qo’l barmoqlari bilan torlari tirnab chalinadi. Epik va lirik she’rlari ijrochisiga jo’r bo’lgan lira (lirika so’zi shundan) Apollomning safdoshi hisoblangan. Liraga  o’xshash sozlar qadimdan yaqin Sharq va Misrda, hozir ba’zi Afrika xalqlari orasida uchraydi. Liraning takomillashgan turi kifara deb atalgan.

Yakkanavoz cholg'u asbobi

      
Ohang va navo jo'shqinligi 

Konsertino- (ital kichik konsert)- yakkanavoz cholg’uchi va arkestirga mo’ljallangan musiqa asari. Konsertga nisbatan shakli kichik, ba’zan simfonik arkestir o’rniga kamer orkestir ishlatiladi. Masalan, B.Giekoning fortepiano va kamer arkestir uchun “Masxarabozlar” asari. Damli klavishli musiqa cholg’usi , tayyor akkordlarsiz xromatik tovush qatorli, olti yoki sakkiz qirrali garmon, konsertina deb ham ataladi. XIX asrning birinchi yarmida ingliz fizik olimi Ch.Uitson kashf etgan. Pikollodan kontrobasgacha olti turi mavjud. Yakka tazda va ansambil tarkibida ishlatiladi. Angliya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Unda kompozitor asarlari hmda xalq qo’shiq va kuylari ijro etiladi.

Zamonaviy cholg'ular

         Violonchel va kontrobas 


Violonchel (italyan)- skripkasimonlar oilasiga mansub torli kamonli soz. Bas –tenor registirli. 4 tori kvinta oralig’ida sozlanadi. Diapazoni 5 oktavaga yaqin. Umumiy uzunligi 155sm ijro paytida violonchelni tik holatda ushlab sahnaga qo’yishadi. XV asr oxiri XVI asr boshida Yevropada xalq kamonli sozlari rivoji natijasida yuzaga kelgan. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambillar va orkestirlar tarkibida ishlatiladi. O’zbekistonda violonchel ijrochiligi XIX asr oxirida  shakillangan. O’zbekiston kompozitorlaridan S.Jalil va orkert uchun konsert G.Mashuel, N.Zokirovlar turli pyessalar yozgan.

Ajoyib san’at

   Jahon musiqasi
Valtorna (nem.-o’rmon burg’usi) mundshtukli puflama soz. Tovush tembirining nafisligi bilan boshqa mis puflama sozlardan farq qiladi. XIX asrning boshida xromatik ventildi turi paydo bo’lgan. Unda joylashgan qo’shimcha naychalar yordamida ijrochi asosiy havo yo’lini o’zgartirib, barcha xromatik tovushlarni chalish mumkin. Hozirgi vaqtda asosan “fa’ ba’zan “si-bemol” sozida chiqariladi. Diapazoni taxminan 3,5 oktava. Vartorna simfonik va puflama sozlar orkestirlarida, kamer ansambillarda va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi.

Sopoldan yasalgan cholg'u

                                Qadimgi navo 
Bug’ (arab- mutuz,shox)- burg’u shox, sopoldan yasalgan qadimiy puflama cholg’u. Odamalarni   to’plash va ogohlantirishda ishlatilgan. Burg’uning puflanadigan uch tomoni ingichka bo’lib, yonida teshik parda yo’q.   Bir xil, lekin ancha olisda eshitiladigan tovushlar chiqaradi. O’rta Osiyoda ayniqsa Amir Temur va Temuriylar davrida lashkarlarga nog’ora, karnaylar qatori muayyan hizmatlari uchun burg’u topshirilganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
       Bo’lamon (balabon) – Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Qadimdan mashxur ayniqsa XV-XVII asrlardagi bo’lamonchi sozandalar nomi tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Tashqi ko’rinishi kichik surnaysimon bo’sada noyining ichki kengligi uzunasiga bir xil. Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha o’rnatiladi. Asosan, tut yog’ochidan yasaladi.

Sehrli kuy sehri

Blokfleyta


Blokfleyta –(nem- tiqin nay)- musiqa cholg’u asbobi, uzunasiga ushlab chalinadigan fleyta turi. Mundshtuqining ichida yog’och tiqini joylashgan nomi shunday, barmoqlarga mo’ljallangan 8 ta teshigi  bor yettitasi yuzida, bittasi orqa tomonida. Tovushi mayin va yoqimli. Yevropada XI asrda ma’lum bo’lgan. XVI-XVIII asrlarda keng tarqalgan sozlardan biri. Blokfleyta uchun  A.Vivaldi. G.Teleman, G.F.Gandel, S.I.Bax va boshqalar turli janrlarda asarlar yaratishgan. Yakka tarzda ansambil hamda arrkestir tarkibida foydalanilgan. O’zbekistonda hozir ko’proq o’quv jatayonida foydalanilmoqda.

Baxshi kuyi

                        Do’mbira 

      Do’mbira (tanbura-so’zidan) – torli chertma xalq musiqa cholg’usi. O’zbek va qozoq do’mbira turlari mavjud. O’zbek do’mbirasining dastasi silliq, pardalari belgilanmagan bo’ladi. Cholg’uning asosiy qismi kosaxona va dastasi o’rik, tog’olcha  yoki archa daraxtidan yaxlit tarzda, kosaxonasi o’yib ishlanadi. Pay torlari kvarta,kvinta bazida oktava oralig’ida sozlanadi. Diapazoni taxminan ikki oktava bo’ladi. Asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari shuningdek boshqa viloyatlarning ayrim tumanlarida tarqalgan. Mazkur cholg’udan baxshilar xalq dostonlarini, termalarini kuylashda jo’rnavoz sifatida, do’mbiraqarashlar esa “Cho’poncha”, "Do’mbira kuy”, “Baxshi kuy”, “Kelinoy”, “Qo’shg’iroti” kabi  do’mbiralarni ijro qilishda foydalanishgan.

O'zbek milliy dutor cholg'usi

Dutor- soz sehrida yangraydi


Dutor -(fors- ikki tor)-  torli hertma milliy musiqa cholg’usi. O’zbek, tojik, uyg’ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O’zbek dutori muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg’ulardan ajralib turadi. U asosan tut, yirik yog’ochdan yasaladi. Cholg’uning kosaxonasi rezontori 8-12 ta yupqa bir- biriga yonma-yon yopishtirilgan taxtacha qovurg’adan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo’g’iz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13-17 ta parda bog’lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezgak naqshlar o’yib yopishtiriladi.  Torlari ipak ishlaridan eshiladi. Ular tanovor sozi kvarta, munojot sozi kvinta, qo’shor sozi unitorga sozlanadi. Uyg’urlarda dutor kattaroq shaklda.

An'anaviy cholg'u

O'zbek xalq  milliy cholg'usi 
       
Doira(childirma,chilmanda)-yumaloq shaklidagi o’zbek va tojik urma musiqa cholg’usi. Uning asosiy qismi gardishi tok zangi, so’nggi yillarda klyon (zarang), akatsiya, lo’lilarda tog’ daraxti bilan ishlanadi. Gardishning tashqi tomonlariga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qo’yiladi. Ichki tomoniga esa madandan ishlangan xalqachadan osiladi, xalqasizlar ham bo’ladi. Gardish diametrik 400-510 mm ni tashkil etadi.

Kichik gitara

                      Sehrli Gitara
Gitara-(ispancha –qiutara) – torli tirnama soz. XIII asrda Ispaniyada mashxur bo’lgan, XVII asrdan Italiya va boshqa yevropa mamlakatlarida hamda Amerikada keng tarqalgan. Dastlab 4-5 juft torli gitara ishlatilgan.

Bandura va bariton san'at cholg'ulari

                          Ajoyib cholg'u
Bandura- (polyakcha –uch torli sitra) – chertma soz. Banduraning past tovushli asosiy uzunroq  torlari jo’rnavozlik hizmatini o’taydi. Baland tovushli, ko’pgina qisqa torlari kuy hosil qiladi. Bandura torlari barmoqlar bilan tirnab chertiladi. Xonanda-sozandalar, bandurachi- kobzachilar qo’shiqlarini bandura jo’rnavozligida ijro etishgan. Qadimda banduralar kobza deb atalgan.
 Bariton- (ital britono, past tovush)- erkak xonandalar ovozining bir turi balandligi jihatidan bas va tenor oralig’ida. Diapazoni katta oktavadagi lyasi bilan  birinchi oktavadagi sol o’rtasida. Lirik va dramatic turlarga bo’linadi. O’zbek xonandalaridan M.Qoriyoqubov, N.Hoshimov chet el xonandalarida D.Fisher-Diskay, M. Magomayev  kabi xonandalarning ovozlari mashxur.

Chertma musiqa cholg'usi

                    Banjo

 Banjo – torli chertma musiqa cholg’usi. Amerikaning  qator ommabop musiqa uslublari minstrel shou, jaz, kontre-myuzik, vestirida asosiy o’rinni egallaydi. XVII-asrning g’arbiy Aftikadan  AQSHning janubiy shtatlariga keltirilgan. XIX asrning 30-yillarda takomillashtirilgan shakli yuzaga kelgan. Unda metal pardali uzun dastasiga  5ta po’lat sim tortiladi.  Yakka tarzda hamda jo’rnavoz soz sifatida ishlatiladi. Tovushi o’tkir, jarangdor.

Simfonik musiqa

                                  Arfa


Arfa (nem –harfe, ital- arpa) – uchburchak shaklidagi qadimiy torli, tirnama soz. Dastlabki tasvirlari miloddan avvalgi 3- ming yillika taalluqli. Oddiy ko’rinishdagi arfa jahonning deyarli barcha xalqlarida uchraydi. Turli xalqlar orasida qadimdan tarqalgan. Gruzinlarda –changi, abxazlarda –ayuma, osetinlarda-duadastanon, mansillarda tor – sapl-yux va boshqalar O’rta Osiyoda qo’llanilgan chang deb yuritiladigan soz arfaning o’tmishdoshi bo’lgan. Ayriton friziyada I-II asrlarda 13 torli arfa chalayotgan ayol tasvirlangan.  Hozir arfaning 44-46 torli bo’lib diatonik demol majorda sozlangan, vertikal diapazoni uchburchak shaklidagi ramaga tortilgan.

Musiqa ohanglari

Akkordeon va alt
         Akkordeon
 Akkordeon –(frans akkordeon) chap qo’l tomonda tayyor akkordlari bo’lgan  tilchali musiqa asboblarining umumiy nomi. 1829-yil paydo bo’lgan. Bir tugmachasi bosilsa butun akkord sadolangan.  O’ng qo’l tomonda fortepiano toifasidagi klaviaturasi bo’lgan ayansifat cholg’uning nomi. O’zbekistonda 50–yillarda professional va havaskorlari tarkibidan o’rin oldi.

O'zbek xalq an'anaviy cholg'u asbobi

Changqobuz


    Changqobuz – chang tilchali cholg’u asbobi. Jahon xalqlarida turli nomlar bilan atalgan. Plastinkasimon va changaksimon turlari tarqalgan. Suyak, yog’och, qamish, metaldan temir, mis, kumushdan yasaladi. Changqobuz chap qo’l bilan tishlarga yaqin ushlanib, tilchasi o’nga bog’langan  ip yordamida tortib yoki o’ng qo’l barmoqlari bilan tirnab, bazan kichik tayoqchalar bilan chalinadi.  Unda ma’lum balandlikdagi umumiy bir ovoz obertonlaridan og’iz artikulyatsiyasi  yordamida muayyan ohanglar chiqariladi. Bunda og’iz tabiiy resonator ro’lini o’ynaydi. Ovozning pastligi, diapazonning torligi kvarta-kvinta hajmi tufayli changqobuzda repertuari oddiy, kichik kuylar chalinadi. O’tmishda o’zbeklarda suyak changqobuz vat temir changqobuz bo’lib, asosan xotin- qizlar chalgan. Ko’pchilik xalqlarda hozir temir changqobuz ishlatiladi. Qirg’izlarda temir changqobuz estrada ijrochiligida keng o’rin olgan.

Milliy cholg'u asbobi

          Chang
Chang- arfaning o’tmishda qo’llangan turi. O’rta Osiyo va boshqa Sharq xalqlari  o’rtasida tarqalgan. Uning saqlanib qolgan eng qadimiy ta’sviri  miloddan avvalgi  3 minginchi yillarga mansub , burchakli turi hozirda O’zbekiston  va Tojikiston terayasida taxminan XVII asrda ishlatilgan. Gruzinlarda yangi abhazlarda  ayume, ajarlarda duadastanon va hak deb yuritiladi. Ko’p torli urma soz. Uning santur deb nomlanuvchi turini rivoyatlarga ko’ra, O’rta Osiyoda birinchi marta Darveshali Changiy chalgan bo’lsa kerak. O’zbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi chang tuzilishi qutisimon trapetsiya shaklida, tovushqator asosini 14 sim tashkil etadi. Bulardan 13 tasining hatr biri uchtadan, faqat bitta yo’g’on tori yakkadir. Torlarning umumiy soni 40taga yetadi. Ular ikki gruppaga bo’linadi. Chang jarangdor terminga ega bo’lib, uning dinamik imkoniyatlari juda keng juda sekin ovoz pianissimodan, juda kuchli ovoz fortegacha ovoz beradi. Changdan turli ijrochilik uslublari – tayoqchalarni cholg’u torlari ketma-ket urish natijasida hosil qilinadigan tremolo bilan birga , pitsikattoga o’xshatib yaqin tayoqchalar bilan tirnab chalish  va stakkato torlarni tayoqchalar bilan uzub tovush chiqarish  keng qo’llaniladi. Changdan asosan, yakkanavoz soz, ansambillar orasida  jo’rnavoz soz sifatida ham ishlatiladi. Ko’pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi va ular muayyan faktlarga ega.    Changning chang tenor, chang, bas kabi turlari ham yaratilgan.

Fortepiano turi


Pianino         
Pianino (italyancha piano- kichik fortepiano)-   torli urama klavishli musiqa cholg’usi, fortepiano turi.  Royaldan torlari, dekasi rezonans taxtasi va mexanikasining   vertikal joylashganligi, tovushi uncha kuchli va rang – barang bo’lmaganligi  bilan farqlanadi. Pianinaning zamonaviy turi Amerikada J.I. Xokins 1800-yil, Avstriyada  M.Myuller 1801-yil, Angliyada T.Laud 1802- yil yaratgan na’munalari asosida yuzaga kelgan.  XIX- asr o’rtalarida pianina hozirgi shakli va konstruksiyasi cho’yan-rama ustma-ust kesilgan torlar, pastki va yuqorigi defimerli mexanika, 7 oktavali diapazonga ega bo’ldi. Bunday pianinalar asosan xona, kabinent ijrosiga mo’ljallangan. Bazan konsert pianinalari ham uchraydi.

Soz va sitor xalq milliy cholg'ulari

Torli, tirnama musiqa asbobi
Soz –markaziy osiyo musiqa asboblarining umumiy ifodasi. Torli tirnama musiqa asbobi. Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Yog’ochdan yasaladi, noksimon kosasi  pardalar bog’langan uzun dastasiga  yelimlab ulanadi. Umumiy uzunligi 70-80 sm,  5 tadan 9 tagacha  sim torlari merzob bilan chalinadi. Ular odatda kvarta-kvinta bilan sozlanadi. Soz asosan oshiqlar, xonandalar ohangiga jo’r cholg’u asbobi sifatida, shuningdek xalq cholg’u ansambili sifatida ishlatiladi.
 Sitor – xind va pokiston torli tirnama cholg’u asbobi dehli sultonligi davri XIII-XIV asrlardan  Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Keng va uzun dastasiga siljuvchi uzun pardalar 19 dan 23 gacha o’rnatilgan. Unda yetti asosiy va yon quloqlariga 13 aks sado beruvchi  simlar tortilgan. Qovoqdan qilingan asosiy kosasining ustiga yupqa taxta bilan qoplangan bo’lib, qo’shimcha kosasi ham bo’ladi. Nolalarga boy ovozi, jarangdorligi, virtuozlik imkoniyatlarining kengligi hind mumtoz musiqa  ansambillarida sitordan asosiy cholg’u sifatida foydalaniladi. Manbalarda ko’rsatilishicha sitorni takomillashgan va ilk mohir ijrochisi  Xusrav Dehlaviy hisoblanadi. XX asrda sitor ijrichilaridan G’afur Muhammadxon , Barkat Ali, Olouddin Xon va boshqalar mashxur bo’lgan.

Torli musiqa asbobi

                                      Skripka      
                               

         Skripka  (slavyan- g’ijirlamoq)  -torli kamonli musiqa cholg’u asbobi. Skripkasimon cholg’u asboblari orasida skripka, alt, violonchel, kontrabas yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta torli intervalli kvinta bo’yicha sozlanadi.  Diapazoni 4 ta oktavadan oshiq.  Umumiy uzunligi – 600 mm, skripkaning klassik shakli XV-XVI asrlarda Italiyada va Fransiyada vujudga kelgan. XVII-XVIII asrlardan yakkanavoz san’ati rivojlanib kelmoqda.  Skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada XIX asrdan virtuoz skripkachi va mashxur kompozitorlar N.Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta bo’ldi.

Kichik musiqa plastinkasi

                Patefon

      Patefon-(fransiya firmasi “pathe” fon)  gramafon plastinkasiga yozilgan  tovushni qayta eshittirish uchun xizmat qiladigan apparat gramafonning turi dastlabki patefon katta karnayli bo’lgan. Keyinchalik karnayi quti ichiga joylashtirilgan. Diskani dasta bilan burab taranglab tortiladigan purjina bo’ylab aylantirilgan. Patefon XXasrning 50 yillarida ishlatilgan.  Ba’zi xonadonlarda yoki san’at muzeylarida saqlanadi.

Qonun cholg'u asbobi

                         Qadimgi cholg'u
    Qonun cholgusigarb xalqlariga mansub bolib ilk korinishi X-XI asrlarda fil suyagidan yasalgan shaklida paydo bolgan. Bu cholgu torli tirnama cholgu asbobi bolib, korinishi changsimon cholgu asboblari oilasiga mansub. Qonun yuqori va pastki tembirlar orqali chalinadi. Har bir tor o’zgacha ohang chiqarish hususuyaida ega bo’lib, musiqasi quvnoq ohanglarga moslangan. Bu cholg’u asbobi turli xalqlarda turlicha nomlanadi. Ilk ko’rinishi uch torli simdan iborat bo’lgan. Hozirgi ko’rinishi ancha takomillashgan bo’lib, murakkab shaklda tuzilgan. U asosan o’rik daraxtidan yasaladi. Chunki o’rik daraxti ancha mustaxkam bo’lib torlarni ushlab turishga ancha qulay. Uni yasovchi ustalarning bayon etishicha qonun cholg’usi torlarining joylashishi juda murakkab bo’lib,  ular ipak tolalardan yasalar ekan. Bu cholg’u bugungi kunda ham o’z tarofati ila barchaning ko’nglini maftun etib kelmoqda.  

Afg'on va Pomir ruboblari

    RUBOB TURLARI   Afg'on  rubobi
Afg’on rubobining dastasi kalta 8-10sm, uchi bir oz qayrilgan. Rezonatori nihoyatda katta, kengligi 20sm gacha umumiy 30sm gacha. Korpusi bilan dastasi bir butun yog’och bilan o’yib ishlanadi.  Korpusining o’rta qismining ikki yoni o’yilgan. Pastki qismi teri bilan yuqorisi taxta bilan qoplanadi.  Dastasiga odatda 4-5 ta asosiy parda, taxta qoplamasiga 6-7 ta asosiy  xaspardalar o’rnatiladi. Kvartaga sozlanadigan 5 ta asosiy tordan tashqari, yon quloqlarga tortilgan 10-11 yordamchi aks sado beruvchi torlari bor.  Ikki oktava diapazonidagi diatonik tovush qatoriga ega.  Asosan, professional sozandalar tomonidan yakkasoz, turli ansambillar tomonidan qo’llanadi.

Rubob cholg'usi

             QASHQAR RUBOBI
Rubob- torli cholg’u musiqa abobi. Nohun (mediator) bilan chertib chalinadi. O’rta asrdan Sharq, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo xalqlarida keng tarqalgan. Bazi olimlarning fikriga ko’ra qadimiy ikki torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozirda asosan uch turi mavjud: qashqar, pomir,afg’on ruboblari.  


       Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm, cho’michsimon kosasi tut va boshqa qattiq go’lachalaridan o’yib yasaladi va ustiga qattiq teri qoplanadi.  Dastasi uzun, uchi orqaga qayrilgan bo’lib, kosadan boshlanadigan joyiga qo’chqorga  o’xshash ikkita gajagi mavjud. Dastasiga pardalari 19 tadan 23 tagacha  ichakdan, hozir metaldan qilinadi xromatik tovush qatorni tashkil qiladi. Qashqar rubobining 5 ta tori odatda kvarta -kvinta oralig’ida sozlanadi.  Diapazoni 3 oktavaga yaqin.  Tovushi jarangdor. Ijrochilikni o’zlashtirish  birmuncha yengilligi mohir sozandalar- M. Mirzayevning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan O’zbekiston va Tojikistonda havaskor va  professional sozandalar orasida  ommaviylashuviga sabab bo’lgan. Qashqar rubobining zamonaviylashqa qayta turi rubob –prima o’z imkoniyatlari bilan rus domrasiga  yaqin, 4 metal tori kvinta oralig’ida sozlanadi. Orkestrda va yakkasoz xonandalarda ishlatiladi.
       O’zbek bastakorlaridan M.Mirzayev,  sozandalaridan A. Boboxonov , N.Qulabdullayev, kompozitorlaridan  I.Xamroyev, M. Bafoyev va boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan.

Musiqa kompozitsiyasi

Cholg'ular xalq hayotidagi o'rni
Musiqa cholg’u asboblari ba’zida xalq va professional turlarga ham bo’linadi. Orkestr cholg’ulari  kompozitor tomonidan yaratilgan, temperatsiyali tovushqatorga asoslangan ko’p ovozli musiqa asarlari ijrosiga moslashritilgan. Xalq cholg’ulari esa ma’lum millat elat monodik musiqa ijrosi uchun qo’llaniladi va musiqiy tovush quroli bo’lish bilan birga , moddiy madaniyat mahsuli hamdir; mukammal shaklida  xalq badiiy tafakkuri, nafosat tasavvurlari, ramziy ma’nolar aks etgan.

Ijrochilik usullari

    Cholg'u asboblari 
Musiqa cholg’u asbobi tovush manbalariga qarab guruhlarga, ijrochilik uslubi yoki ishlatilgan mexanizmiga qarab guruhchalarga , o’ziga xos qo’shimcha belgilariga qarab xillarga bo’linadi. Musiqa cholg’u asbobi  asosan torli xordafonlar, puflab chalinadigan aerafonlar, teri qoplamali membranofonlar , tilchali gemidiofonlar, plastinkali , elektr va elektron musiqa cholg’ulari, aidofonlar guruhlarga bo’linadi. Torli cholg’u asboblarining guruhchalari: kamonli sozlar skripka, alm, violonchel, kontrobas, viola, o’zbek sozlaridan g’ijjak ,  qo’ybiz, samo va boshqalar chertib chalinadigan sozlar arfa, gusli, sitra, gitara, do’mra, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, do’mbira urib chalinadigan turli sozlar chang, sambali klavishli chertib chalinadigan  sozlar klavesin va uning turlari, puflab chalinadigan cholg’u asboblarining guruhlari; tilchali sozlar,  sunray, qo’shnay, bo’lamon, shoxnay, klarnet, goboy, tilchasiz sozlar naylar, fleytalar, mundshtukli sozlar truba,valtorna, tuba, karnay, pnevmatik klavishli sozlar; organ va uning turlari.

Musiqa bezaklari taraqqiyoti

       Musiqa jilovlari
Musiqa bezaklari- o’zbek an’anaviy musiqa ijrochiligida ohang ifodaviyligini boyitish maqsadida qo’llaniladigan musiqa vositalari. Kuyning asosiy pog’ona tovushlarini turli usulda –tebratish to’lqinlatish, qo’shimcha tovushlar bilan bezash girift, sayqal,qashish, molish, nola, nolish va boshqa yo’l bilan hosil qilinadi.
       Musiqa cholg’u asboblari- musiqiy ton yoki o’ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma’lum ritmik tuzilmalarni hosil etishga mo’ljallangan cholg’u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa turli ansamb, orkestr va boshqa tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg’u asbobining sadosi o’ziga xos tembr, ma’lum diapazoni tovushqator va ifodaviy imkoniyatga ega.

O'zbek musiqa merosi

      O'zbek xalq musiqasi
O’zbekistonda musiqa asosan xalq va og’zaki an’anadagi professional musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq musiqasida lapar, terma, alla qo’shiqllarining turli marosim, maishiy mehnat, o’yin raqs lirik, nasitanamuz va boshqa xillari bor. Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholg’u yo’llari kabi janrlar mavjud. O’zbek musiqa merosida 4 ta asosiy maxalliy uslubni farqlash mumkin. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslubi, Farg’ona –Toshkent musiqa uslubi, Surxondaryo-qashqadaryo musiqa uslubi.