вторник, 28 июля 2015 г.

Afg'on va Pomir ruboblari

    RUBOB TURLARI   Afg'on  rubobi
Afg’on rubobining dastasi kalta 8-10sm, uchi bir oz qayrilgan. Rezonatori nihoyatda katta, kengligi 20sm gacha umumiy 30sm gacha. Korpusi bilan dastasi bir butun yog’och bilan o’yib ishlanadi.  Korpusining o’rta qismining ikki yoni o’yilgan. Pastki qismi teri bilan yuqorisi taxta bilan qoplanadi.  Dastasiga odatda 4-5 ta asosiy parda, taxta qoplamasiga 6-7 ta asosiy  xaspardalar o’rnatiladi. Kvartaga sozlanadigan 5 ta asosiy tordan tashqari, yon quloqlarga tortilgan 10-11 yordamchi aks sado beruvchi torlari bor.  Ikki oktava diapazonidagi diatonik tovush qatoriga ega.  Asosan, professional sozandalar tomonidan yakkasoz, turli ansambillar tomonidan qo’llanadi.
     Pomir rubobi
  Pomir rubobining kosasi qashqar rubobidan bir oz qattiqoq bo’lib, unga pardalar bog’lanmaydi. Dastasi kosasi bilan bir butun yog’och bo’lagidan yo’niladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtacha bilan berkitiladi. Kvarta – kvinta oralig’ida sozlanadigan 5 ta asosiy torlaridan tashqari  yon quloqqa bog’lanadigan tori bo’ladi.  U baland sozlanib ma’lum tasviriy vosita sifatida qo’llaniladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий