вторник, 28 июля 2015 г.

Soz va sitor xalq milliy cholg'ulari

Torli, tirnama musiqa asbobi
Soz –markaziy osiyo musiqa asboblarining umumiy ifodasi. Torli tirnama musiqa asbobi. Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Yog’ochdan yasaladi, noksimon kosasi  pardalar bog’langan uzun dastasiga  yelimlab ulanadi. Umumiy uzunligi 70-80 sm,  5 tadan 9 tagacha  sim torlari merzob bilan chalinadi. Ular odatda kvarta-kvinta bilan sozlanadi. Soz asosan oshiqlar, xonandalar ohangiga jo’r cholg’u asbobi sifatida, shuningdek xalq cholg’u ansambili sifatida ishlatiladi.
 Sitor – xind va pokiston torli tirnama cholg’u asbobi dehli sultonligi davri XIII-XIV asrlardan  Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Keng va uzun dastasiga siljuvchi uzun pardalar 19 dan 23 gacha o’rnatilgan. Unda yetti asosiy va yon quloqlariga 13 aks sado beruvchi  simlar tortilgan. Qovoqdan qilingan asosiy kosasining ustiga yupqa taxta bilan qoplangan bo’lib, qo’shimcha kosasi ham bo’ladi. Nolalarga boy ovozi, jarangdorligi, virtuozlik imkoniyatlarining kengligi hind mumtoz musiqa  ansambillarida sitordan asosiy cholg’u sifatida foydalaniladi. Manbalarda ko’rsatilishicha sitorni takomillashgan va ilk mohir ijrochisi  Xusrav Dehlaviy hisoblanadi. XX asrda sitor ijrichilaridan G’afur Muhammadxon , Barkat Ali, Olouddin Xon va boshqalar mashxur bo’lgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий