вторник, 28 июля 2015 г.

An'anaviy cholg'u

O'zbek xalq  milliy cholg'usi 
       
Doira(childirma,chilmanda)-yumaloq shaklidagi o’zbek va tojik urma musiqa cholg’usi. Uning asosiy qismi gardishi tok zangi, so’nggi yillarda klyon (zarang), akatsiya, lo’lilarda tog’ daraxti bilan ishlanadi. Gardishning tashqi tomonlariga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qo’yiladi. Ichki tomoniga esa madandan ishlangan xalqachadan osiladi, xalqasizlar ham bo’ladi. Gardish diametrik 400-510 mm ni tashkil etadi.
Doirada tovush ikki qo’l barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda “Katta o’yin”, “Shodiyona” kabi yirik turkum asarlarda hamda turli xil milliy cholg’u ansambillarida jo’rnavoz cholg’u sifatida foydalaniladi.  Doira qadimiy musiqa cholg’ularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo Niso sharq millatlarida miloddan avvalgi II asrda topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. XX asrda o’zbek doira ijrochilik an’analarini Usta olim Komilov, T.Inog’omov, D. Sottixo’jayev kabilar tanitgan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg’ulari tojik, arman, ozar, uyg’urlardan – dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий