вторник, 28 июля 2015 г.

Jahon xalq san'atida musiqa asboblari...

            Lira


 Lira qadimiy torli tirnama yunon musiqa cholg’usi. 7-11torli bo’lgan. Chap qo’l barmoqlari bilan torlari tirnab chalinadi. Epik va lirik she’rlari ijrochisiga jo’r bo’lgan lira (lirika so’zi shundan) Apollomning safdoshi hisoblangan. Liraga  o’xshash sozlar qadimdan yaqin Sharq va Misrda, hozir ba’zi Afrika xalqlari orasida uchraydi. Liraning takomillashgan turi kifara deb atalgan.
Keyingi davrlarda Yeropada turli torli sozlar ham lira deb atalgan. Liraning ta’sviri jahon madaniyatida musiqa san’ati ramzi sifatida qabul qilingan. Toshkentda 1896-1918-yillar “Lira” nomli xor musiqasi jamiyati faoliyat ko’rsatgan.
 Mandolina
Mandolina (italyan) – lyutniya oilasiga mansub torli rtirnama musiqa cholg’usi. Italiyada paydo bo’lib, XVII asrda hozirgi shaklga ega bo’ldi. XVIII asrdan mandolina – eng sevimli italyan xalq cholg’usi, XIX asrdan Yevropa jumladan ba’zi turkey xalqlar tatar, boshqird va boshqalarda ommaviylashgan. 4-6 juft torlari kvinta bo’yicha sozlanadi, tovushi tiniq, jarangdor va kuychan. Bir necha xillari neopolitan, florensiya mandolinalari, mondola va boshqalar mavjush. Yakka jo’rovoz hamda arkestir cholg’usi sifatida ishlatiladi. Kompozitorlar ham Bethoven, A. Vivaldi va O’zbekistonda F.Leysek mandolina uchun asarlar yaratishgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий