вторник, 28 июля 2015 г.

Ijrochilik usullari

    Cholg'u asboblari 
Musiqa cholg’u asbobi tovush manbalariga qarab guruhlarga, ijrochilik uslubi yoki ishlatilgan mexanizmiga qarab guruhchalarga , o’ziga xos qo’shimcha belgilariga qarab xillarga bo’linadi. Musiqa cholg’u asbobi  asosan torli xordafonlar, puflab chalinadigan aerafonlar, teri qoplamali membranofonlar , tilchali gemidiofonlar, plastinkali , elektr va elektron musiqa cholg’ulari, aidofonlar guruhlarga bo’linadi. Torli cholg’u asboblarining guruhchalari: kamonli sozlar skripka, alm, violonchel, kontrobas, viola, o’zbek sozlaridan g’ijjak ,  qo’ybiz, samo va boshqalar chertib chalinadigan sozlar arfa, gusli, sitra, gitara, do’mra, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, do’mbira urib chalinadigan turli sozlar chang, sambali klavishli chertib chalinadigan  sozlar klavesin va uning turlari, puflab chalinadigan cholg’u asboblarining guruhlari; tilchali sozlar,  sunray, qo’shnay, bo’lamon, shoxnay, klarnet, goboy, tilchasiz sozlar naylar, fleytalar, mundshtukli sozlar truba,valtorna, tuba, karnay, pnevmatik klavishli sozlar; organ va uning turlari.
Tilchali cholg’u asboblarining bo’linmalari; plevmatik klavishli sozlar fisgarmoniya, bayan, akkordeon, , chertib chalinadigan sozlar changqobiz va uning turlari, urib chalinadigan sozlar fleksatonlar, teri qoplamali urib chalinadigan cholg’u asboblarining guruhchalari; sozlanadigan litavralar, sozlanmaydigan nog’ora, doira, baran, tanburin va boshqa cholg’u asboblar. Plastinkali cholg’u asboblaning guruhlari; urib chalinadigan rezonatorsiz sozlar ksilofonlar, urib chalinadigan rezonatorli sozlar ovoz beradigan plastinkalari ostida ma’lum hajmdagi rezonatorlar turubkalar, bo’sh idishlarva hokazo o’rnatilgan  metalaffon, marimba, vibrafon, klavishli urib chalinadigan sozlar chelesta. Idiofonlarning  guruhchalari; sozlanadigan orkestr kolokoli, qo’ng’iroqchalar, gong, sozlanmaydigan  tarelkalar, tam-tam, marokas, qayroq, qoshiq, safoil, lokop, patnis, mis, lagan, zang va boshqa cholg’u asboblari. Musiqa shakli- keng falsafiy estetik manoda –muayyan g’oyaviy-badiiy mazmuni musiqada mujassamlashtiruvchi ifoda vositalari kuy, ritm, garmoniya,majnun, tor ma’noda musiqa asarlarining ichki tuzilishi-kompozitsiyasi. Musiqa shakli badiiy obrazlarni namoyon etishda muayyan ijodiy prinsiplar mas kuy yoki mavzuni takrorlash , o’zgartirish yoki qayta ishlash, yangi keskin  farqlanuvchi kuy kiritishga tayanadi. Og’zaki an’anadagi musiqada, shuningdek vokal, teatr, kinoda musiqalarida sof musiqiy omillar bilan birga mazkur san’at turlariga xos she’riy asar tuzilishi, sahna asari dramaturgiyasi , kinofilm montaji kabi kompozitsiya xususiyatlari ham muhim o’rin tutadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий