вторник, 28 июля 2015 г.

Baxshi kuyi

                        Do’mbira 

      Do’mbira (tanbura-so’zidan) – torli chertma xalq musiqa cholg’usi. O’zbek va qozoq do’mbira turlari mavjud. O’zbek do’mbirasining dastasi silliq, pardalari belgilanmagan bo’ladi. Cholg’uning asosiy qismi kosaxona va dastasi o’rik, tog’olcha  yoki archa daraxtidan yaxlit tarzda, kosaxonasi o’yib ishlanadi. Pay torlari kvarta,kvinta bazida oktava oralig’ida sozlanadi. Diapazoni taxminan ikki oktava bo’ladi. Asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari shuningdek boshqa viloyatlarning ayrim tumanlarida tarqalgan. Mazkur cholg’udan baxshilar xalq dostonlarini, termalarini kuylashda jo’rnavoz sifatida, do’mbiraqarashlar esa “Cho’poncha”, "Do’mbira kuy”, “Baxshi kuy”, “Kelinoy”, “Qo’shg’iroti” kabi  do’mbiralarni ijro qilishda foydalanishgan.
Tashqi ko’rinishi, tuzilishi va tembiri do’mbiraga o’xshash bo’lgan cholg’u sozlari oltoylarda toshpur, tojiklarda, afg’onlarda do’mbiroq mavjud. Qozoq do’mbirasining ikki asosiy turi bor. G’arbiy Qozog’iston do’mbirasi noksimon,    kosaxonasi o’yilgan, uzun va tor dastasiga 13-14 parda bog’lanadi. Unda asosan Ko’rmang’ozi, Dauletkerey, Bayserke, Tattimbed, Kazang’ap kabi qozoq kuylari bastalagan cholg’u kuylari ijro etiladi. Sharqiy Qozog’iston do’mbirasi uchburchak yoki kurakcha shaklida bo’lib, uning nisbatan keng va kalta dastasiga 7-9 parda bog’lanadi. Ko’poq oqinlar tomonidan jo’rnavoz soz sifatida foydalaniladi. Qozoq do’mbirasi ijro usullarining xilma-xilligi, ifodaviy imkoniyatlarining kengligi tufayli qozoqlarning eng sevimli xalq va professional XVIII asrdan musiqa cholg’usiga aylangan. 1930 –yillardan o’zbek va qozoq do’mbirasining qayta ishlangan turlari: prima, alt, tenor, bas, kontrobas xalq cholg’ulari orkestrlari tarkibiga kiritiladi.  

Комментариев нет:

Отправить комментарий