суббота, 12 декабря 2015 г.

MEN ORZU QANOTIDA KICHIK NIHOLMAN


                                                    Orzu





                   
Kapalak misoli beg’ubor tuyg’u
Dillarga oshifta sen mangu urg’u
Ezgulikka boshlovchi eng sof, ezgu
Buncha go’zal orzusan musafo, mangu.


Xayolda elitasan go’zal yo’llarga
Dillarga umidla sof tuyg’ularga
Musaffo osmon kabi buncha beg’ubor
Orzu bamisoli gulida, ifor bor.

Sen  murg’ak go’dakning yuragida bor
Oshufta qalblar ham senga intizor
Sen shunchalar ko’ngilga hamohang gulyor
Orzu dilimda sen misoli ummon.

Huddi dengiz sendan kichik ko’rinar
Huddi koinot ham senga tor bo’lar
Ko’ngil rishtasiga bog’langan tilak
Orzu mangu bo’lgin qalbda bor istak.











Комментариев нет:

Отправить комментарий