O‘zbekiston hududida qadimiy mezolit davriga oid qadimiy san’at yodgorliklari topilgan. Neolit davri sopol idishlari qo‘lda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar tushirib bezatilgan. Farg‘ona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasaviy bezaklar ishlana boshlangan. Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo viloyati o‘troq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombisimon yoki kataksimon qizil-qora chiziqlar bilan bezalgan: Amudaryo bo‘yi vohasidan topilgan buyumlar shunday tasvirlar jigarrang oq zaminga chizilgan. Jez davri dasht qabilalari foydalangan sopol idishlardagi uchburchak ilonizi, archasimon yoki yo‘l-yo‘l ancha mukammal qilib chizilgani ma’lum bo‘ladi. Samarqand viloyatidan qadimgi mahsi, Farg‘ona vodiysidan qolip, charm kesadigan maxsus pichoq topilishi O‘zbekistonda, umuman butun Turkistonda deyarli bir vaqtda ya’ni 5-6 asrlardan bu oyoq kiyimning urf bo‘lganligini ko‘rsatadi. Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent , Surxondaryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qadimiy markazi bo‘lgan. Pichoqlar faqat uy-ro‘zg‘or buyumlarigina emas, balki harbiy qurol, hunarmandchilik asbobi sifatida qo‘llanilib kelgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий