среда, 13 мая 2015 г.

Badiiy naqsh san’ati

O‘zbekiston xalq san’atida me’moriy badiiy naqsh san’ati muhim o‘rin tutadi. San’atning bu qadimiy turi O‘rta Osiyo me’morchiligi xususiyatlari naqshga mehr va mahalliy qurilish materiallari taqozosi bilan vujudga kelgan.
Ganch va yog‘och o‘ymakorligi hamda bezagi turar joyi ichini bezashda doimo qo‘llangan. Bu san’at hozirgi kunda ham binolarning zamonaviy me’moriy konstruksiyasi hamda detallarini uzviy va funksional jihatdan to‘ldirib kelmoqda. Ma’muriy hamda jamoat binolarini bezashda muvaffaqiyat bilan ishga solinmoqda. Ayni paytda xalq ustalari O‘zbekiston demokrativ naqsh san’ati an’analariga xos betakror uyg‘unlikka erishgan holda, zamonaviy arxitekturaning qat’iy va konstruktiv elementlarini buzishmaydi. Ustalar naqshinkor kompozitsiyaning, bir tekis to‘qilgan jimjimador medalyonlar, handasaviy tur, gullab turgan butoqlar, o‘ziga xos milliy ohang to‘la vazonlar bilan to‘ldirilgan nafis namoyonlarining ko‘plab variantlarini tayyorlashadi, biroq bunda me’yorni buzishmaydi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий