Amaliy san’at – ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy mehnat sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy san’at asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy san’at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanishdan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xomashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi amaliy san’at estetik ta’sirini oshiruvchi ahamiyatga ega shakllantiruvchi bir asosga aylandi. Amaliy san’atning uyg‘unligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning o‘zaro birikuvida, ta’sir va buyum tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum ko‘lami va xususiyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uyg‘unlashtirishning zarurligi tasviriy bo‘laklarini o‘zgarishiga talqinda shartlikka va narsa qismlarini o‘xshatib yaratishga, olib keladi. XIX asrning 2-yarmida ilmiy adabiyotlarda amaliy san’at asarlari foydalanilgan xomashyosi va ijro usuliga qarab farqlana boshladi. Bu esa o‘z navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni ichi bilan bog‘lanishi badiiy sanoatga zamin yaratdi. Amaliy san’at asarlari yaratilgan davrning maishiy qatlamiga mos mahalliy va milliy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan uning moddiy madaniyatini ifoda etadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий