Ona tabiatni asrash
har birimizning burchimizdir.
Tabiat u naqadar
go’zal va sokin. Shaharning ser shovqin kunlaridan qochib tabiat qo’yniga
ketging kelayveradi. Ayniqsa tabiatning beg’ubor va jozibador har bir fasli
o’zgacha tarovatli. U naqadar mehribon. Uning bag’ridan to’lqillanib oqayogan
zilol suvi, g’arb pishayotgan mevasi, musaffo osmoni bularning barchasi ona
tabiatning bir mo’jizasidir. Biz unga qanchalik mehribon bo’lsak, uning mehri
shunchalik tovlanib borayveradi. Shunday ekan biz doim tabiatni asrash bu
o’zimizni asrash bilan chambarchas bog’liq ekanligini his qilishimiz lozim.
Biz
tabiatning qanchalik xavsizligini taminlasak u bizga o’z ne’matlarini ulashadi.
Lekin bugungi kunda texnika
rivojlangan sari tabiatning buzilishiga olib kelmoqda. Ya’ni katta katta neft
zavodlaridan chiqayotgan gazlar va tutunlar tabiatning zaharlanishiga,
ob-havoning buzilishiga olib kelmoqda. Bunday xolatlarni bugungi kunda
juda ko’plab uchratish mumkin. Bundan tashqari o’simlik olamining kamayib
ketishi, hayvonlarning qirilishi, suv toshqinlari, tog’larning yemirilishi,
vulqonlarning otilishi bularning barchasi tabiatning buzulishi orqali ro’y
berayotgan tabiat xodisalaridir. Bunday izchil vaziyatda bugungi kunda
davlatimiz tabiatni muvofaza qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarf
qilmoqdalar. O’zbekiston Resrublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan turi
hamda kamayib borayotgan hayvonlarni hozirda ovlash taqiqlanadi. Tabiat
muvobxozasini asrash har birimizning burchimiz xisoblanadi. Tabiat bilan
insoniyat bir butun. Insoniyat tabiatning bir bo’lagi. Tabiat bu bizning
onamiz. Biz uni xuddi onamiz kabi asrab avaylamog’imiz lozim . Bu har
birimizning burchimiz va vazifamizdir. Yoshlarimizning ongiga bu narsalarni
singdirish uchun ko’plab tadbirlar seminar treninglar nodavlat va notijorat
tashkilotlari tomonidan mumtazam tarzda o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu
loyihalarda tabiat mavzusi bo’yicha qiziqarli o’yinlar, spektaklar va davra
suhbatlari olib borilib, yoshlarga tabiatni asrash va muvoxazaa qilish
to’g’risida bir qancha tushunchalar bo’lib o’tdi. mana shunday
tadbirlardan yoshlarimiz o’zlariga keraklicha ma’lumotlarni bilib olib
yurtimizning kelajagi uchun o’z hissalarini qo’shishga, tabiatni asrab
uni yanada gullab yashnatishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Komila Shoyimova
Komila Shoyimova
Menga juda ham bu loyiha yoqdi.Chunki yosh avlodlar bu loyihani oʻqib tabiatni asrash uni muhofaza qilishni oʻrganadilar.Juda ham foydali loyiha ekan
ОтветитьУдалить