пятница, 6 июня 2014 г.

O'TMISHGA NAZAR


Nodirabegim hayot timsolida

                
Nodirabegim  zamonasining yuksak e’tirofli, donishmand, aqilli so’zlari o’tkir shoira sifatida o’z o’rniga ega ziyoli  shoirasi bo’lgan. Nodirabegimning asl ismi Mohlaroyim bo’lib. U o’z g’azallarida Komila, Maknuna, Nodira taxalluslari bilan ijod qilgan  shoiradir. Uning g’azallarida  o’zgacha ohang, nido, hijron kunlari kuylangan. Garchi u ziyoli  oiladan bo’lgan bo’lsa ham  juda ko’p qiyinchiliklarni  boshidan  kechirgan  mardanovor  ayol edi. Shu bilan birga istedodli shoira xam bo’lgan. G’azallarini o’qib ko’rsangiz  unda ta’svirlangan  yorga vafolik, hayo-ifo, sadoqat, mehr va muhabbat  o’zgacha ruh bilan e’tirof etilgani beixtiyor sizni o’ziga tortadi. O’qiganiz sayin g’azallarning ma’nosi yana va yana  yangi ma’nolarni aks etirayvergani sabab qayta-qayta o’qiganiz bilan dilga hush yoqayveradi..  Moxlaroyim g’azallaridagi kuy, ohang , nido, misralarning  bir biriga o’xshamaganligi  hali hanuz barchani o’z hayratiga solib kelmoqda.
Ayniqsa o’z yoriga bo’lgan sadoqati, mehr muhabbati  satrlarida yorqin guvohdir. Suyukli yoridan erta ayrilgan  Mohlaroyimning qalb o’tinchlari,  hijron kunlari uning g’azallana arida aks etgan.  Shoira  mohir  so’z mo’yqalam sohibasi bo’lishiga qaramay, ajoyib  ovoz sohibasi  hamda musiqa kuychisi bo’lgan . Mohlaroyim o’z g’azallarini mushoira  davralarida kuylar ekan undan o’zgacha  sado ohang jo’sh urar edi. Suyukli yoridan ayrilgan  damda hijron bilan yozilgan g’azal, baytlari  huddi to’fonning  olam bilan qo’zg’alishiga o’xshar edi.  Yurak ezilar, xuddi atrofda hech  kim yo’q. Dardini aytguvchi suygan tog’i chilparchin bo’lgan Nodirabegim o’z armonini shu ikki varaq, bir mo’yqalam hamda shu ikki misra g’azalgan topar edi. Matonatda tengsiz, sabr toqatli, hayot qiyinchiliklariga bardosh bilan yengib kelayotgan Nodirabegim xalq g’amini o’ylovchi, adolatli  ayol ham bo’lgan, uning bugungi kunda bizgacha yetib kelgan ijodlari butun jahon axlini o’zgacha hayrat bilan lol qoldirib kelmoqda. Bu ulug’ shoiraning bir misrasida hayot aksi mujassamdir. Nodirabegimning asarlari nafaqat tarixda balki bugungi kunda ham qadrlanib kelmoqda. Mustaqillikka etishganimizdan so’ng bunday tarixiy asarlar qadimiy meros sifatida qadrlanib, saqlanib kelinmoqda. Zero tarixsiz kelajak yo’q deyishgan dono xalqimiz. Nodirabegimdek buyuk ajdodlarimiz bor ekan biz ulardan doimo faxranib yashaymiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий