Og’u bandalari
Yurtimiz
mustaqilikka erishgandan so’ng davlatimiz tomonidan yosh avlodga o’zgacha e’tibor bilan qaralib
kelinmoqda. Yoshlarning bilim olishlari ularning kelajakda to’g’ri yo’lni
tanlab o’z maqsadlari ila izlanishlari uchun barcha sharoitlar mujassam. Lekin
shunday xolatlar bo’ladiki, g’araz
niyatli insonlar o’z maqsadlari yo’lida inson hayotini ham garovga qo’yib hech
narsadan tab tortmay o’z ishlarini
amalgam oshirib kelmoqda. Yosh avlodning ertangi va kelajakdagi hayotiga to’g’onoq
bo’lib, qanchadan qancha oilalarning buzilishiga sabab bo’lib kelmoqda.
Ayniqsa
ko’pgina yoshlarimizning qattiyatsizligi, mas’uliyatsizligi, irodasizligi bunga sabab. Hozirda
yoshlarmiz o’rtasida alkogol ichimliklari, sigaret, giyoxvand modda, qoradori
kabi zaharga kon bo’lib ketgan o’simlik hamda spirtli ichimliklar keng
ommalashgan turlaridan biridir. Bugungi kunda yoshlarimiz mana shunday
og’ularga berilib ketib o’z kelajaklariga to’g’onoq bo’lmoqdalar. Bunday
xolatlarning ro’y berishiga birinchi sabab ularning qatiyatsizliklaridadir
va ularning spirtli ichimliklarga berilib ketib, iroda,
maqsadlarini yo’qotib qo’yganliklari so’zimiz misolidir. Irodasizligi
ortidan to’g’irlab bo’lmas hatoliklarga qo’l urishadi.
Birgina zararli odatlarni salbiy oqibatlari haqida yozsam.Spirtli
ichimliklarga o’zganib qolib, mukkasidan ketkuncha uni har doim ichish bu
kelajakda jigar seroziga olib keladi. Jigar
ishlamay qolishi o’lim bilan yakunlanishi ham mumkin.
Sigaret maxsulotlarini iste’mol qilish ko’pgina yoshlarimizning
odatiy xollari hisoblanadi. Bu bilan ular boshqalardan farq qilib turaman yoki qush uyasida
ko’rganini qiladi degan maqolga tayanishadi. Bu bilan ular o’z umrlarini har
bir sigaret tutunini tortganda 25 soatga kamaytirishadi. Chunki sigaretda
zaharli moddalar bo’lib, ular inson umrini kun sayin qisqartirishga olib
keladi. Sigaret o’pkani chiritadi va yurak raki kasaliga olib keladi. Bu ham
oxiri o’lim bilan yakunlanadi.
Giyoxvand modda yoki
qoradori bu eng havfli modda. Inson uni bir marta iste’mol qilganidan so’ng undan
voz kecha olish juda qiyin.Chunki bu og’ular ichida insonni o’ziga huddi gipnos
qilib olganlay boshqaradi. Iste’molchining ahvoli kundan kunga og’irlashib ko’z
nurlari pasayishi, holsizlik, qaltirash, xotira susayishi, asabiylashish kabi
xolatlar mumtazam ro’y beradi. Bunday xolatlarni yenga olmasliklariga sabab
ularning irodasizligidir. Bu holatda ularning ahvoli ko’p o’tmay o’lim bilan
yakunlanadi. Bugungi kunda bunday
holatlarni uchratish mumkin. Yoshlarimizning bunday zararli og’ularning
kishandasi bo’lishlari, ularning kelajagiga havf solmoqda. Nafaqat, ularga
balki yurtimizning kelajagiga ham havf solib kelmoqda.
Комментариев нет:
Отправить комментарий