Muhammad
Yusuf serqirra ijodkor.
She’riyat…..
U bamisoli keng moviy ummon tubidagi marvaridning sirli tovlanishiga o’xshaydi.
Unig poyoni cheksiz. Sir sinoati boy o’zga dunyo. Bu cheksiz dunyo poyonining boshini, uning dovonlarini
hamma yozuvchilarning ijodlarida ham emas, aksincha xuddi she’riyat kabi
o’zgacha sirli, serqirra ijodkor, o’tkir qalam sohibalarigina uchratish,
ko’rish mumkin. Bunday iste’dod ham hammaga bir xil tarzda
berilavermaydi.Ijodkorlarning har bir satrida o’zgacha shukux, kuy yangraydi. Ana
shunday qobiliyat egasi bo’lmish shoirlar yoki shoiralarga serqirra ijodkor deb nom berishadi.Serqirra ijodkorlar deganimizda esa ko’z oldimizda yuragimiz
tub-tubida bir umr so’nmas iz qoldirgan buyuk siymolar gavdalanadi. Mana shunday
serqirra ijodkorlardan biri bo’lmish Muhammad Yusufdir..
Uning
she’rlaridagi Vatan
shukuxi, ona kuychisi kabi yurakka o’zgacha orombaxsh etadi. Shoir satrlarida ona mehri, Vatan, xalqni kuylar ekan she’rlarida
qanchalik vatanga bo’lgan muhabbatlari ustunligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Nafaqat
Muhammad Yusuf shoir balki jurnalist muhbir, vatanparvar , xalq sevgan ardoqlagan inson edilar. Uning she’rlari xozirgi kungacha qadrlanib biz sevib
tinglaydigan taronalarga qo’shiq qilinib bastalanib kelinmoqda.
Hayot bo’lmasada dillarda mangu
yashayotdan shoirimizning 60 yilligi bu yil respublikamiz bo’ylab keng
nishonlandi. Ta’lim dargoxlarida korxona va tashkilotlarda badiiy kechalarda
shoir yodi uning o’chmas ijodi ming – minglab insonlar tamonidan hotirlandi.
Birgina shu hotira badiiy kechalarini o’tkazilinishi yurtdoshlarimizni
qanchalik shoir Muhammad Yusufga xurmati yuksak ekanligidan dalolat berib
turardi.
Komila Shoyimova
Комментариев нет:
Отправить комментарий