вторник, 10 сентября 2013 г.

Yurt o'g'lonlari

Erksevar xalq posbonlari yurt tinchligi yo’lida…

Vatan nima? Har bir inson hayolotida kechadigan, uni o’ylantiradigan savol shu. Kimningdir  aytishicha vatan tug’ilib o’sgan tuproq, kimningdir fikricha inson qalb bilan his qiladigan tuyg’u. Haqiqatdan  ham vatan ulug’ tushuncha. Uni haqiqiy vatanparvar inson his eta oladi.
O’zbekiston zamining qadim uzoq tarixida ham mana shunday tushunchalar inson tomonidan qalam bilan zab etilgan. Nafaqat shoirlarimiz balki mard o’g’lonlarimiz ham  bu tushunchani qadrlab shu aziz vatanni jonini garovga qo’yib avaylaganlar. Bu tuyg’u faqat o’tmish tarixda qadrlanibgina qolmay balki mustaqillik sharafiga yetishganimizdan so’ng yanada yuksaldi.  Vatan – muqaddas dargoh. Ushbu so’z satri o’g’lonlarimizning shiori. Uni asrab avaylab, unga sodiq farzand bo’lish o’g’lonlarimizning oliy maqsadidir. Mana shunday o’g’lonlarimiz bor ekan yurtimiz tinch, oilalarimiz baxtlidir. Ularning sharafiga aytilajak so’zlarimiz ham oz. Chunki ular yurt posponlari, vatanimiz himoyachilaridir.   Ular tun-u kun harbiy hizmat salohiyatlarini o’rganib, vatan sarhatlarini jon-jahti bilan himoya qilib kelmoqdalar. Biz kelajak avlodlar ozod va obod yurtimizning musaffo havosidan o’pkalarimiz to’yib simirayotgani, tunlari halovat ila orom olayotganimiz, qalbimizdagi tabassumimizni yuzimizda bemalol ifodalaganimiz  barchamiz uchun kunni-tunga ulab yurgan vatanparvarlarimiz sababli emasmi? Allabatta ular nafaqat bizga manashunday go’zal hayotni balki bizdan keyingi ham farzandlarimizga yurtimizning bor dov dataxti tuproqlari ila hadya qilishadi desdak mubolag’a bo’lmas. Shunday ekan biz uchun qadrli aziz akalarimiz vatanimiz himoyachilari sizlar o’tkazgan bedor tunlaringiz uchun ham biz haqiqiy barkamol avlodlar bo’lib yetishamiz.  Bayramingiz arafasida quvonch ila shuni tilga olamizki  vatanimiz tinch bo’lsa baxtli ekanimizni his qilib tursak biz uchun katta bayram. Sizlar uchun atalgan kun ham  o’zingiz kabi qadrlidir. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий