Voxamizdagi xonadonlarda, ko’cha bo’ylarida tut daraxtiga ko’zimiz tushadi. U soyasi, ipak qurti uchun oziqa bo’ladigan bargi, yog’ochning mustahkamligi bilan emas, balki mevasining shirinligi, hushta’mligi va shifobaxshligi uchun ham e’zoz-lanadi. Chunki sharq
tabobatida
ko’pgina xastaliklar tut mevasi bilan davolangan.
Tutning turi, ham navi ham ko’p, ulardan balx tuti
alohida ahamiyatga ega. U isitmani tushiradi, kishiga darmon bag’ishlaydi,
qonni ko’paytiradi. Balx tutini ayniqsa, tinkasi qurigan, og’ir xastalikka
duchor bo’lgan bemorlar, homilador ayyollar ko’proq iste’mol qilinishi tavsiya
qilinadi.
Buyuk alloma Ibn Sino og’iz va tomoqda
hosil bo’ladigan shishlarni, ichburug’ kasalligini davolashda tut mevasi va
uning shirasidan foydalangan. Bu tutning foydali xususiyatlari ilmiy tibbiyotda
ham o’rganilgan bo‘lib, angina, tomoq domsimon bezining yallig’lanishi
surinkali tus olganida, og’iz shilliq pardalarining yallig’lanishi va diabet
xastaliklarida tut qoqilaridan tayyorlanadigan dimlamalardan keng foydalangan.
Shamollaganda va gipertoniyaga qarshi
kurashda tut qoqisida damlama choy tayyorlab
iste’mol qilinsa yaxshi samara beradi. Yurak xastaliklarida tut
sharbatidan kuniga 2-3 osh
qoshiqdan uch marta ichilsa juda faydali. Balx tutining tarkibida 25 % gacha
gulikoza, mal’toza, saroza, furuktoza ko’rinishidagi karbon suvlar, olma, limon
kislotalari, C belgi darmonlari, P faol moddalar temir, kaliy kalsiy, magniy va
pektin moddalari bor.
Odamlar azaldan tut qoqilaridan kulchalar
yopishgan, somsalar pishirishgan, mevasidan shirinni tayyorlab, yil davomida
darmondori sifatida iste’mol qilishgan, opganizmda imuitetni oshirib borishgan.
Balx tuti mevasidan tayyorlangan sirka har
qanday yog’li taomlarni singib ketishiga yordam beradi. Taomlarga qo’shib
yeyilsa, qon bosimini kamaytirish quvvatiga ega.
Ayni paytda qishloqlardagi tut mevalari g’arq pishgan
payt. Bundan unumli foydalangan har bir kishi darmondorilarga boy ushbu
ne’matdan ko’proq iste’mol qilib, sog’ligini mustahkamlasa yaxshi bo’lardi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий