Eng
katta boylik
Inson bu yorug’ olamda hamma narsaga
erishishi mumkin. Boylikka ham davlatga ham erishadi. Lekin bir tuyg’uga kuz
bilan erisha olmaydi. Bu ilohiy tuyg’uni
yolg’izlikda qiyinchilikda qumsaydi. Bu tuyg’u mehrdir. Inson ko’pincha
hayotda oldindan oqqan suvning qadriga yetmaydi.unga zor intizor bo’lganda esa
uni qumsaydi. Nega unday bu dunyoning
ochilmagan sir sinoatlari hali ko’p. inson tug’ilganda ilk bora mehrni
ota-onadan, vatan tuprog’idan oladi. Ota – onada mehr muhabbat shunchalik
kuchliki hatto eng mustahkam himolay tog’I ham bu mehr oldida shunchaki kichik toshga aylanadi. Bu ikki ulug’ zot
bizni dunyoga keltirib go’daklikdan
parvarishlab ulg’aytiradilar, hatto ular bizning yoshimiz sakson, to’qson yoshdan oshganimizda ham ularning nazarida hamisha biz o’sha go’dak kabi beg’ubor
ko’rinamiz. Inson o’ziga bir umr do’st izlaydi. Lekin uning eng yaqin do’sti
yonida turganini uni yo’qitganidan so’ng his etadi.
Rivoyatlarda
aytishicha: Bir boy badavlat inson ekan. U oilada ota-onasi xotini va farzandi bilan yashar ekan. Bir
kuni uning farzandi og’ir vafot etibdi. Boy odam homush tortibdi lekin yig’lamabdi.
Xalq bundan hayratlanibdi. Oradan bir hafta o’tar o’tmas farzand dog’ida
uning xotini ham vsfot etibdi. So’ng oradan biro o’tar o’tmas
boyning ota-onasi ham vafot etibdi. Boy bu ulug’ zotlarni tobutda
ko’tarib ketar ekan chunonan yig’labdiki uning oxu-nolasiga huddi butun olam
qo’shilib yig’layotga o’xshar edi. Bundan hayratlanga olamon nega bu insonning
farzandi, xotini o’ldiyu lekin u yig’lamadi. , ammo, ota-onasi vafot etganda
u bunchalik faryod ko’tardi.
Boy shunday
debdi
-
Men bu g’arib dunyoda boylik
topdim, xotinu- bolachaqa orttdirdim , go’dakligimdan beri eng katta mehrni his
etib kelayotgan edim bugun manashu martabada ko’tarib turgan mehrdan ayrildim.
Men qayta uylanarman, farzandli ham bo’larman
lekin meni dunyoga keltirib oq yuvib, oq taragan mehr tuyg’usini qalbimga singdirib kelayotgan otamni, onayizorimni endi qayerdan topaman. Men
ota-onamni bir soniya ko’rish uchun butun boyligimni hatto umrimni ham berishga
tayyorman,-debdi.
Voajab,
bu zotlar shunchalik ulug’ va mo’tabarki ularni qancha tarif etsak ham oz. Ularga
butun umrimizni baxshida etsak ham
ular qilgan ishlar oldida shunchalik kamdir. Ular manashunday so’zlarga,
manashunday maqtovlarga loyiq.
Ota-onamni men boyligi uchun
emas, ular mening butun borlig’im,
hayotim mazmuni bo’lganligi uchun sevaman, ularning menga bo’lgan mehr- muhabbatlari cheksiz bo’ganli uchun men butun
umr ularning hizmatini qilsam ham hech qachon bu qarzimni uza olmayman. Shuning
uchun ularning qarshisida bosh egaman.
Комментариев нет:
Отправить комментарий