вторник, 10 сентября 2013 г.

O'zbekiston

Nurga cho’mayotgan jon O’zbekiston
Vatan. Ko’z ochib hayratlangan go’sham . Anvoyi gullar isi anqigan hovlim. Qiyg’os gulga burkangan, qushlar chug’urini iftixor aylagan, ildizlari tuproqqa bo’y-basti ila singan navqiron daraxt. Ikki daryosi xalqimning, millatimning qon-tomiriga aylangan. Tabiati so’lim, tog’lari viqorli tuprog’i oltinu - zar bog’lari barakali, gulzori chamanga qiyos. Insonlarning mehri qaynoq diyor. Bu mening vatanim qalbim surati shuuri, ongim farishtasi. Men  beg’ubor, nurafshon  kunlarda dunyoga keldim. Ko’z ochib munavvar V atanimni onam bilan teng tanidim. Uning mehri, buloqlaridan baxrlandim, e’zozlandim. Kamol topib ulg’ayotgan kezlarimda, Vatan ona so’zi bilan mengazib bejizga aytilmayotganini anglayapman. Shuni ham zo’r, ishtiyoq, hayrat bilan aytamanki, ota-bobolarim Vatan ozodligi, el-yurt osoyishtaligi, farzandlar kamoli, hatto, uning bir qum zarrasi uchun jon fido qilganlar. 

Manashular millatimning qon-tomiri, jon-ozig’i ekanligini bot-bot aytgim kelaveradi.
O’zbeklar dunyosi, o’zbeklar vatani, o’zbeklar farzandlari  uzoq asrlar silsilasida manashunday bo’y rostlab turibdi.
Mustaqillik chunonchi yurtboshimiz mehnati, sayi-harakatlari, odil siyosatlari samarasi bugun o’zbeklar dunyosini turli javhalarda tanitmoqda.
Shu Vatan, sokin soylar, viqorli tog’lar, qiru-adirlar, kaftdek dalalar, salovatli binolar, naqshli obidalar,tog’u-toshni yorib o’tgan temir izlar, saroy, arq timsolidagi o’quvgohlar, to’rt fasli ham birdek ziynatli, fusunkor tabiat, oltin tuproq, qaynoq qalb egalari-millatdoshlarim. Musaffo osmon ostida, osuda zamin ustida hayot kechirayotganligi mening qo’limga qalam tutqazdi. Shu Vatanni sevib, e’zozlashga undaydi.
Xurlik odmlari, bunyodkorlik, ijod, izlanish, har niyati ezgu kelajakka ishonch, umid doimiy yo’ldoshi bo’lgan qavmi-qarindoshlarim bu mening-millatdoshlarim.
Ularning timsolida xushsurat tonglarni tasvirlashni istayman. Kelgusida Nodirabegim, Zulfiyaxonim kabi ijodkor bo’lish mening eng ezgu istagimdir. Manashu ezgu istaklar ila harakatlanayapman, izlanyapman, o’qib ijod qilyapman…



Комментариев нет:

Отправить комментарий