вторник, 10 сентября 2013 г.

O'zbekiston

Nurga cho’mayotgan jon O’zbekiston
Vatan. Ko’z ochib hayratlangan go’sham . Anvoyi gullar isi anqigan hovlim. Qiyg’os gulga burkangan, qushlar chug’urini iftixor aylagan, ildizlari tuproqqa bo’y-basti ila singan navqiron daraxt. Ikki daryosi xalqimning, millatimning qon-tomiriga aylangan. Tabiati so’lim, tog’lari viqorli tuprog’i oltinu - zar bog’lari barakali, gulzori chamanga qiyos. Insonlarning mehri qaynoq diyor. Bu mening vatanim qalbim surati shuuri, ongim farishtasi. Men  beg’ubor, nurafshon  kunlarda dunyoga keldim. Ko’z ochib munavvar V atanimni onam bilan teng tanidim. Uning mehri, buloqlaridan baxrlandim, e’zozlandim. Kamol topib ulg’ayotgan kezlarimda, Vatan ona so’zi bilan mengazib bejizga aytilmayotganini anglayapman. Shuni ham zo’r, ishtiyoq, hayrat bilan aytamanki, ota-bobolarim Vatan ozodligi, el-yurt osoyishtaligi, farzandlar kamoli, hatto, uning bir qum zarrasi uchun jon fido qilganlar. 

HIkoya

Eng katta boylik
       Inson bu yorug’ olamda hamma narsaga erishishi mumkin. Boylikka ham davlatga ham erishadi. Lekin bir tuyg’uga kuz bilan erisha olmaydi. Bu ilohiy tuyg’uni  yolg’izlikda qiyinchilikda qumsaydi. Bu tuyg’u mehrdir. Inson ko’pincha hayotda oldindan oqqan suvning qadriga yetmaydi.unga zor intizor bo’lganda esa uni qumsaydi. Nega  unday  bu dunyoning  ochilmagan sir sinoatlari hali ko’p. inson tug’ilganda ilk bora mehrni ota-onadan, vatan tuprog’idan oladi. Ota – onada mehr muhabbat shunchalik kuchliki hatto eng mustahkam himolay tog’I ham bu mehr oldida shunchaki  kichik toshga aylanadi. Bu ikki ulug’ zot bizni dunyoga  keltirib go’daklikdan parvarishlab ulg’aytiradilar, hatto ular bizning yoshimiz sakson, to’qson  yoshdan oshganimizda ham  ularning nazarida  hamisha biz o’sha go’dak kabi beg’ubor ko’rinamiz. Inson o’ziga bir umr do’st izlaydi. Lekin uning eng yaqin do’sti yonida turganini uni yo’qitganidan so’ng his etadi.

Yurt o'g'lonlari

Erksevar xalq posbonlari yurt tinchligi yo’lida…

Vatan nima? Har bir inson hayolotida kechadigan, uni o’ylantiradigan savol shu. Kimningdir  aytishicha vatan tug’ilib o’sgan tuproq, kimningdir fikricha inson qalb bilan his qiladigan tuyg’u. Haqiqatdan  ham vatan ulug’ tushuncha. Uni haqiqiy vatanparvar inson his eta oladi.

Muqaddas inson

Ayol
Bizning onalarimiz mo’tabar shunday aziz. Shuning uchun ham vatan so’ziga ona so’zi qo’shib aytilib bu ikki so’z ulug’lanadi. O’zbekiston esa ana shunday onalari ayollari, qizlari bor ulug’ zamindir.

суббота, 7 сентября 2013 г.

Shifobaxsh ne’matlar:Tut mevasi

  
    Voxamizdagi xonadonlarda, kocha boylarida tut daraxtiga kozimiz tushadi. U soyasi, ipak qurti uchun oziqa boladigan  bargi, yogochning mustahkamligi bilan emas, balki mevasining shirinligi, hushtamligi va shifobaxshligi uchun ham ezoz-lanadi. Chunki  sharq tabobatida kopgina xastaliklar tut mevasi bilan davolangan.