четверг, 3 октября 2013 г.

Vatan ravnaqi uchun

Dunyoning tinchigi uchun mening hissam!
Reja:
1.Oq kabutar - tinchlik elchisi 2.Ona allasi – tinchlik kuychisi 3. Bizlarga meros Vatan!
4. Biz mafkuraviy g’oyalarga qarshimiz! 5. Shu aziz Vatanga mening kichik hissam !
     

          Oq kabutar. U misoli bu yorug’ zamonning yorug’ yulduzi, ezgulik oshyonidir. U orzular qo’yniga eltuvchi bir nishonadir. Kimlarningdir tasavvurida u yaxshilik tuyg’usi, muhabbat hissi, tinchlik elchisidir. Kimlarga esa yoshlik hissi, go’zallik xusni, poklik ramzidir. U hammaning tassavvurida o’zgacha olam. Bu olam tassavvurida esa oq kabutar tinchlik elchisi sifatida qadr qimmatini topgan.
Ona u mo’tabar, ulug’ zot. Onani qancha e’zozlasak, qadrlasak kam. Ona bamisoli go’zal chamanning mitti nihollarini voyaga yetkazayotgan bog’bondir. Bu yorug’ osmon, olam onaday mo’tabar zot bilan munavvar, uning beg’ubor allasi bilan sokindir. Alla ona bilan go’dakni qalb sehri bilan birlashtiruvchi bir kuydir. Alla bu sehr kuyi, alla tinchlik kuychisi. Bu olamda o’zbekmi, tatarmi, rusmi, qirg’izmi qaysi millat vakili bo’lsin, onaday ulug’ sharafli zotlar bor ekan,ularning otash qalbidan chiquvchi alla so’zi bu olamni munavvar etgay.
Vatan bu ko’z ochib hayratlangan go’sham. Anvoyi gullar hissi anqigan hovlim. Qoygoz gulag burkangan, qushlar chug’uri ixtiyor aylagan, ildizlari tuproqqa bo’y-basti ila singan navqiron daraxt. Ikki daryosi xalqimning, millatimning qon tomiriga aylangan. Tabiati so’lim, tog’lari viqorli. Tuprog’I oltin-u zar. Bog’lari barakali gulzori chamanga qiyos./ insonlarning mehri qaynoq diyor.bu mening vatanim qalbim surati, shuuri ongim farishtasi. Men beg’ubor nurafshon kunlarda dunyoga keldim. Ko’z ochib munavvar vatanimni onam bilan teng tanidim. Uning mehri buloqlaridan baxrlandim, kamol topib kelayapman. Bu esa har bir o’zbek farzandi qalbida g’urur, iftixor tuyg’usini shakillantiradi.
Biz ozodlik, hurlik mustahkam davlat sari oldimlar ekanmiz bu yo’sinda faqat olg’a qadam bosib, shu yurt, shu xalq uchun jon jahtimiz bilan harakat qilamiz. Lekin shunday holatlar ham bo’ladiki! Ayrim kimsalar bizning tinchligimizga rahna soladi. Ular din niqobi ostiga berkinib ayrim kimsalarni to’g’ri yo’ldan qaytarib o’zlarining qabix niyatlari amalgam oshiradi. Biz yosh avlod bunday qabix rejalarga qarshi ekanmiz ularning rejalari puch. Biz mustaqil avlod farzandlari mustaqil yurtimizda kamol topayotgan ekanmiz bizni to’g’ri yo’ldan adashtirmoqchi bo’lgan insonlarning rejalari hech qachon amalgam oshmaydi.
Yurtimning viqorli tog’lari, go’zal bog’lari, zilol suvlari, shaffof sharsharasi, ona tabiati mana shunday go’zal zamonda hurlik sari odmlar ekan bunyodkorlik, ijod izlanish , har niyati kelajakka katta ishonch, umidni o’ziga yo’ldosh aylagan qami-qarindoshlarim bu mening xalqim, millatdoshlarim.
Men ular timsolida mustaqil vatanimni gullab yashnab, xalqimning “Ozod Vatanim” deya hayqirgan ovozini, tariximning yorqin ajdodlarimni tariflashni, bot-bot Vatanimni yanada go’zal qirralarini tariflashni istayman. Kelgusida, kelajakda Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonimdek ijodkor shoira qiz bo’lib yetishish eng oily istagim, maqsadimdir. Men shu maqsadlar, istaklar sari harakatlanar ekanman shu yurtning nafaqat buguni balki ertasini yorug’ qilishga harakat qilayapman, izlanayapman…..

Комментариев нет:

Отправить комментарий