вторник, 1 октября 2013 г.

Ma'naviyat makoni

Ma’naviy ozuqa
      Qadimda savdogarlar o’z mollarini boshqa davlatlarga tashish uchun ulkan kemalardan foydalanishgan. Lekin shunday ulkan kemalar borki, u xalqqa, jamiyki olamga asrlar mobaynida ma’naviy ozuqa tashib kelmoqda. Bu narsa-kitob. Kitob xalq boyligi. Bu boylik qancha asr tarixini insonlarga so’ylab, shu insonlarni o’zligini anglashga ko’maklashadi. Agar kitob yoki yozuv bo’lmaganda edi biz o’tgan vaqt mobaynida qanday ajdod farzandlari ekanimizni bilmagan bo’lardik. Ongi yo’q qoloq xalqlar qatoridan bo’lardik xolos. Kitob nafaqat tarixni so’ylaydi, balkikelajakda qanday inson bo’lishimiz haqida o’z fikr va muloxazalarini bayon etadi. Kimlar uchundir kitob shunchaki buyum sifatida qaraladi. Lekin kitob insonning do’stidir. U yolg’izlikda sirdosh, quvonchda hamroh, qayg’uda do’st qiyin vaziyatda maslahatdosh, uzoqni ko’radigan, oq qorani ajratishda ko’mak beradigan – ma’naviy ko’zgu hisoblanadi. Kitob tarixining o’zi bir doston. Kitob xayot tarixining hikoyaviy ko’rinishidir. O’sha ma’naviy ozuqani qancha ko’p o’qigan insonnafaqat xayotiy tushinchalarni anglaydi, balki bilim jihatidan boyiydi. Mustaqil fikrlash qobilyati, ma’naviy so’z boyligi, ta’lim –taribiya, bilim bunung barchasi bilim manbayi kitobga bog’liq.
         Manashu ma’naviy ozuqa mustaqil demokratik davlat ostonasoda turgan buyuk mamlakatlar uchun tamal toshi vazifasini o’taydi. Jumladan: gullab yashnayotgan ona zaminimiz O’zbekistonda ham manashunday ma’naviy boylikka o’zgacha etibor, katta talab bilan qaralmoqda . bu talab asosida:yurtboshimiz aytganidek” Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimliroq, kelajagi porloq, yurt farzandlari bolib yetishib chiqmog’I lozim” –degan g’oya ilgari surilgan. Manashu birgina so’z yoshlarimizni jahon mirbarlarida yurt shanini himoya qilish kabi tuyg’ularni uyg’otadi. Bu narsa esa kitobga bo’lgan ehtiyojni yanada ko’proq uyg’otadi.manashu ma’naviy ozuqa yoshlarda, jamiyatda bugungu talabda o’zgacha rol o’ynaydi. “ Kitobni bejizga bilim manbayi” deb aytishmagan. Yoshlarimiz qancha ko’p manashu bilim manbayi sari intilsalar, uni ham o’qib ham uqsalar yurtimizning kelajagi porloq hech shubhasiz buyukdir.

Комментариев нет:

Отправить комментарий