пятница, 6 июня 2014 г.

Mustahkam oila

Mustaxkam oila-jamiyat negizidir
       Oila muqaddas dargox. Uni yo’qotib ham, g’oyib qilib ham bo’lmaydi. Aksincha uni mustaxkam poydevor, baquvvat daraxt, xavas qilguday behasham qilib yaratish mumkun. Oiladay muqaddas dargohni asrab-avaylash har bir insonning burchi hisoblanadi. Inson tabiatning bir bo’lagi hisoblanganday, oila ham jamiyatning negizidir. Oila misoli bir ko’zgu.
U bir marta darz ketsa avvalgiday tiklanmaydi. Axir oila ulug’ joy. Vatan ham oiladan boshlanadi. Oila qanchalik mustaxkam qurilsa, Vatan ham shunchalik mustaxkamdir. Shu boisdan ham yurtboshimiz I.A.Karimov bobomiz tomonidan 2012-yil “Mustaxkam oila yili” deb e’lon qilinishi ham bejizga emas albatta. Shu sababdan ham oilalarga bugungi kunda juda katta etiborlar berilmoqda. Ular uchun kiridit pullar, jamg’arma pullari, turar joylar, sharoitlar muntazam yaratilmoqda. Ayniqsa endigina oiladay muqaddas dargohga qadam qo’yayotgan yosh oilalarga o’zga etibor bilan qaralmoqda. Yurtimizda yosh oilalar juda ko’p. Ularga yurtboshimiz tomonidan keng ko’lamda moddiy va ma’naviy yordamlar berilmoqda. Chunki ular shu yurtning mustaxkam poydevorlari hamda davomchilaridir. Bizga ma’lumki oilada hamisha erkak kishining so’zi ustun. Bu albatta biz uchun tabiiy hol. Chunki erkak bu oila bo’shlig’i , ayolni esa vazirga qiyoslasak bo’ladi. Bu ikki juftlik bitta davlatni barpo etishadi. Oilani katta bir davlatga qiyoslasak bo’ladi. Oila o’sha davlatning bir bo’lagi hisoblanadi. Oilani yaratish katta mas’uliyat talab etadi. Uni barpo etishda erkak va ayolning sabr va bardoshi matonati katta ro’l o’ynaydi. Eng asosiysi oilaning tinchligidir. Ta’lim-tarbiyaning boshlanishi bu oiladandir. Endi o’sib borayotgan yosh nihol, ko’pni ko’rgan chinordan o’rnak oladi deganlaridek, go’dak ham tarbiyani oiladan oladi. Oiladagi muhit bolaning tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Masalan: erkak va ayol oiladagi ziddiyatlardan biroz tortishsa va bunga farzand guvoh bo’lsa, bu hodisa bolaning rivojlanayotgan ongiga o’zgacha tasir qiladi. Axir xalqimiz ham :“Qush uyasida ko’rganini qiladi”,-deb bejizga aytishmagan. Albatta har bir oilada o’ziga yarasha ziddiyat va muammolar bo’ladi. Lekin bu oila buzilib ketishiga sababchi bo’la olmaydi. Bu narsa farzandga ham tasirini ko’rsatmay qolmaydi. Oila qanchalik tinch va totuv bo’lsa rivojlanayotgan bola ongiga ham, oilaning muhitiga ham o’z ijobiy tasirini ko’rsatadi.
Farzand oila quvonchi, vatanning suyanchidir. Farzand dunyoga kelar ekan, ota-onaning qalbidagi go’dakka bo’lgan to’lqinli mehri ham olamga, dunyoga sig’may ketadi. Chunki farzand oila ko’rkidir.
Oila mustahkam bo’lishi uchun avvalambor erkak va ayol bir-biri tushunmog’i, oilaviy sharoitga tayyor ekanligini bilmog’i lozim. Chunki oilada yaxshi va yomon kunlar ham bo’ladi. Oila mustaxkam bo’lsa, baxti bo’lsa bu oila jamiyatdagi eng xurmatli oilalardan o’rin egallaydi desam mubolag’a bo’lmaydi. Axir xalqimiz oilani muqaddas jamiyat sifatida qadrlashadi.
Allox ham olamni, yorug’ dunyoni yaratganda har bir insonni, jonzotni, jamiki mavmjudotlarni o’z jufti bilan yaratgan ekan. Ularni birlashatirish ham ayirish ham faqat Alloxning o’ziga ayondir.
Baxtni ham baxtsizlikni ham inson o’z qo’li bilan yaratadi. Oilani baxt qasriga o’xshatsak , bu baxtning abadiy bo’lishi faqat insonning o’ziga bog’liq bo’ladi. Yurtimizda baxtli oilalar ko’p. Ming afsuski hamma oilalarni ham baxtli deb ayta olmaymiz. Chunki ba’zi bir joylarda ziddiyat va muammolar tufayli yosh oilalar buzilib ketishiga sabab bo’lib kelmoqda. Ya’ni yosh yigit va qizlarning oilaviy sharoitga tayyor emasliklariga qaramay, oila qurishga undashmoqda. Balog’at yoshiga yetmagan go’dak oila nimaligini, uning mashaqqati qandayligini bilmay turib qanday qilib baxtli jamiyat, mustaxkam oila barpo etishi mumkin. Bunday holatlarning kelib chiqishiga asosiy sabab ularni bir-birlarini tushunmayotganliklarida, oila nima ekanligini bilmayotganlikla-ridandir. Oila mustaxkam bo’lishi uchun avvalo erkak va ayol bir-birini xurmat qilishi, tushunishi va birgalikda harakat qilmog’i lozim.
Tinch oila yurt tayanchi hisoblanadi. Baxtli oilalarni ko’rib har bir odamning dili yayraydi. Erta tongda oila azolari bilan birga bo’lib, uyidan yaxshi kayfiyatda chiqsa u inson baxlidir. Yurboshimiz ham I.A. Karimov oilani tinchligi totuvligi uchun mehr va muhabbatlarini ayamaganlar. Mustaqillik sharofati bilan yurtnimiz tinch, totuv. Biz farzandlar shunday baxtli kunlarda yashayapmiz. Vatan obod, oilalar baxli. Mana shunday baxtli oilalar ko’payaversin deb niyat bildirayveramiz.

Shoyimova Komila Uralovna

Комментариев нет:

Отправить комментарий