суббота, 12 декабря 2015 г.

BAHOR SENI SOG'INDIM

                                  Men bahorga oshiqib, zorman























Kurtak ochgan sokin dillarga,
Nafislikni baxsh etgin hayot.
Eng pokiza mahzum dillarga,
Sen oxista kirib kel bahor.

O, bahor qirlaringda lolayizorman,
Taftinda men kurtak ochgan niholman.
Nafasingni intizor kutgan,
Men bahorga oshiqib zorman.

SO'Z SEHRI OLAMI


                               She’riyatga nazar

Qo’lga  qalam oldim bitish uchun ash’or,
Ilhom kelmaydiku meni so’roqlab.
Ayting neni yozayin takrorlab bot-bot,
Hayot jumboqlari qiziqku qarang.

Bir qo’lda qalam, bir qo’lda qog’oz,
She’r-u asar bitishga bisyor bu so’zlar.
Ilhom yetishmaydi, mittigina soz,
Tilim ham aylanmay, qofiya yo’q biroz.

воскресенье, 25 октября 2015 г.

Bosh qomusimiz


Konstitutsiya bu bizning huquqimizdir



Konstitutsiya! O’zing yagona,

Qonunlar ko’p ammo sensan bir dona.
Yurtingda toabad hukumron bo’lsang,
Kelajak qadam doim mardona.

вторник, 4 августа 2015 г.

Tabiat ne'mati

                       Shifobaxsh ne’matlar
    

          Tabiat  insonlar  uchun  mo’jizakor  o’simliklar dunyosini  hadiya  etganki  , o’z dorivorlik
Xususiyati bilan  ko’plab xastaliklarga davo bo’lgan  o’simliklar dunyosi necha asirdirkiInsonlarning salomatliligi yo’lida xizmat qilib kelmoqda .
          Shifobaxshlik  xususiyati bilan juda  qadim zamonlardan  ma’lum bo’lgan,  eramizdan 3000 yil avval   turli xil xastaliklarni    davolashda qo’llanilgan shirinmiya o’simligining shifobaxshlik  xususuyati  borasida  yana  bir bor so’z ochmoqchimiz .

вторник, 28 июля 2015 г.

O'zbek xalq milliy cholg'u asbobi, san'ati va shukuxi

   G’ijjak an'anaviy cholg'u
    Gijjak- o’zbek xalq cholg’ulari an’analariga boy bo’lib, uning kelib chiqiqshi uzoq o’tmishga taqaladi. O’rta Osiyo, hususan O’zekistonning hozirgi hududida arheologik qazish jarayonida topilgan musiqa asboblari va ijrochilarning tasviri tushirilgan juda ko’p moddiy-madaniy yodgorliklar bunda dalil bo’ladi. Gijjak azaldan xalqimizning azaldan sevimli cholg’ularidan biri hisoblangan. Uning kelib chiqishi X-XI asrlarga to’g’ri keladi.

Jahon xalq san'atida musiqa asboblari...

            Lira


 Lira qadimiy torli tirnama yunon musiqa cholg’usi. 7-11torli bo’lgan. Chap qo’l barmoqlari bilan torlari tirnab chalinadi. Epik va lirik she’rlari ijrochisiga jo’r bo’lgan lira (lirika so’zi shundan) Apollomning safdoshi hisoblangan. Liraga  o’xshash sozlar qadimdan yaqin Sharq va Misrda, hozir ba’zi Afrika xalqlari orasida uchraydi. Liraning takomillashgan turi kifara deb atalgan.

Yakkanavoz cholg'u asbobi

      
Ohang va navo jo'shqinligi 

Konsertino- (ital kichik konsert)- yakkanavoz cholg’uchi va arkestirga mo’ljallangan musiqa asari. Konsertga nisbatan shakli kichik, ba’zan simfonik arkestir o’rniga kamer orkestir ishlatiladi. Masalan, B.Giekoning fortepiano va kamer arkestir uchun “Masxarabozlar” asari. Damli klavishli musiqa cholg’usi , tayyor akkordlarsiz xromatik tovush qatorli, olti yoki sakkiz qirrali garmon, konsertina deb ham ataladi. XIX asrning birinchi yarmida ingliz fizik olimi Ch.Uitson kashf etgan. Pikollodan kontrobasgacha olti turi mavjud. Yakka tazda va ansambil tarkibida ishlatiladi. Angliya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Unda kompozitor asarlari hmda xalq qo’shiq va kuylari ijro etiladi.