среда, 13 мая 2015 г.

Milliy meros- o’lmas qadryat

Kandakorlik va zargarlik san’ati buyumlari hozirgi O‘zbekiston hududida uy jihozlari hamda ayollar taqinchoqlari sifatida qadimdan bezak vazifasini bajarib kelgan. Ular o‘ziga xos shakllari, texnik va badiiy usullari bilan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, Toshkent singari muayyan joylarning mahalliy xususiyatlarini aks ettiradi.
Ko‘hna san’arning ushbu turlarida foydalaniladigan texnik va boshqa xilma-xil uslublarning ko‘pligi tufayli naqshinkor bezagi, detallari va sayqallashning rang -barang turlari bilan farqlanuvchi o‘ziga xos yo‘nalishlar yuzaga keladi. Bu asarlar xilma-xil materiallardan – tilla, kumush, mis, jezdan yasalib, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Amaliy san’atning ushbu turlariga oid buyumlar buxorolik, samarqandlik, qarshilik va qo‘qonlik ustalar tomonidan yasalgan.XX asr o‘rtalarida dong taratgan ustalardan ko‘pchiligi bu buyumlarning yangi navlarini yaratishgan.
Kandakorlar asosan naqsh chizilgan patnis, lalilar, qumg‘on, oftoba, piyola, pichoq qinlari yasashga ixtisoslashgan bo‘lsa, zargarlar ayollarning bilaguzuk, xo‘qqa, sirg‘a, uzuk, tumor, marjon singari boshqa milliy taqinchoqlarni yasashadi. Ular yaratgan asarlarda obrazlar makoni bilan bog‘liq murakkab kompozitsiyalar orqali ochib beriladi, hamda yarim qimmatbaho toshlar va metallarning dekorativ imkoniyatlari yorqinroq namoyish etiladi. Sayqal berilgan metal buyumlar yaltirab turadi.
Kandakorlik hamda zargarlik buyumlari sodda bo‘lib, ularda texnik uslublar takrorlanmaydi, nafis o‘ymakorlik bilan zargarona nazokat, ohangdorlik, rang-barang naqshlar hamda kompozitsion xushbichimlik uyg‘unlashib ketadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий