среда, 13 мая 2015 г.

Milliy an’ana

Xalq san’atidagi bu ajib va istiqbolli yo‘nalishlar yanada rivoj topib respublikamiz aholisi hamda chet ellik mehmonlarda katta taassurot qoldirmoqda. Xalq san’atining bu turi bo‘yicha marg‘ilonlik usta Mahmudjon Madaliyev mis va jezdan an’anaviy ro‘zg‘or buyumlarini yasagan. To‘qqiz nafar farzandi bo‘lgan bu katta oilada metallga badiiy ishlov berish san’ati avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ularning ustaxonalarida doira va to‘rtburchak patnislar, har xil shakldagi xushbichim suvidishlar, lampalar, samovarlar, dastsho‘ylar, choyidishlar, la’lilar, ko’zalar, chilimlar, nafis piyola va taqsimchalar, shamdonlar, isiriqdonlar va boshqalar saqlanadi.
Zargarlik san’ati barcha davrlarda O‘zbekiston xalq amaliy san’atining ustalar tomonidan hozirga qadar saqlanib kelayotgan, rivojlanayotgan eng qadimiy turidir. “Yer yuzida birgina bo‘lsa ham ayol zoti bor ekan, zagarining hunari o‘lmaydi”. Bu san’at hozirgi zamon zargarining juda boy an’analariga ega bo‘lgan ijodida yanada ravnaq topdi. Ildizi qadimgi davrlarga borib taqaladigan bu an’analar barcha joyda tarqalgan. O‘zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan topilmalar zargarlik xalq amaliy san’atining eng ko‘hna topilmalaridan biri ekanligini isbotladi. Ustalar tomonidan qadimgi asarlarda qimmatbaho va yarim qimmatbaho metal va toshlardan yaratilgan buyumlar boshqa san’at asarlariga nisbatan yaxshiroq saqlanib, bizgacha yetib kelgan ko‘plab zargarlik san’ati asarlari respublikamizdagi hamda boshqa mamlakatdagi muzeylarda saqlanib kelinmoqda.

Комментариев нет:

Отправить комментарий