четверг, 3 октября 2013 г.

Vatan ravnaqi uchun

Dunyoning tinchigi uchun mening hissam!
Reja:
1.Oq kabutar - tinchlik elchisi 2.Ona allasi – tinchlik kuychisi 3. Bizlarga meros Vatan!
4. Biz mafkuraviy g’oyalarga qarshimiz! 5. Shu aziz Vatanga mening kichik hissam !
     

          Oq kabutar. U misoli bu yorug’ zamonning yorug’ yulduzi, ezgulik oshyonidir. U orzular qo’yniga eltuvchi bir nishonadir. Kimlarningdir tasavvurida u yaxshilik tuyg’usi, muhabbat hissi, tinchlik elchisidir. Kimlarga esa yoshlik hissi, go’zallik xusni, poklik ramzidir. U hammaning tassavvurida o’zgacha olam. Bu olam tassavvurida esa oq kabutar tinchlik elchisi sifatida qadr qimmatini topgan.
Ona u mo’tabar, ulug’ zot. Onani qancha e’zozlasak, qadrlasak kam. Ona bamisoli go’zal chamanning mitti nihollarini voyaga yetkazayotgan bog’bondir. Bu yorug’ osmon, olam onaday mo’tabar zot bilan munavvar, uning beg’ubor allasi bilan sokindir. Alla ona bilan go’dakni qalb sehri bilan birlashtiruvchi bir kuydir. Alla bu sehr kuyi, alla tinchlik kuychisi. Bu olamda o’zbekmi, tatarmi, rusmi, qirg’izmi qaysi millat vakili bo’lsin, onaday ulug’ sharafli zotlar bor ekan,ularning otash qalbidan chiquvchi alla so’zi bu olamni munavvar etgay.
Vatan bu ko’z ochib hayratlangan go’sham. Anvoyi gullar hissi anqigan hovlim. Qoygoz gulag burkangan, qushlar chug’uri ixtiyor aylagan, ildizlari tuproqqa bo’y-basti ila singan navqiron daraxt. Ikki daryosi xalqimning, millatimning qon tomiriga aylangan. Tabiati so’lim, tog’lari viqorli. Tuprog’I oltin-u zar. Bog’lari barakali gulzori chamanga qiyos./ insonlarning mehri qaynoq diyor.bu mening vatanim qalbim surati, shuuri ongim farishtasi. Men beg’ubor nurafshon kunlarda dunyoga keldim. Ko’z ochib munavvar vatanimni onam bilan teng tanidim. Uning mehri buloqlaridan baxrlandim, kamol topib kelayapman. Bu esa har bir o’zbek farzandi qalbida g’urur, iftixor tuyg’usini shakillantiradi.
Biz ozodlik, hurlik mustahkam davlat sari oldimlar ekanmiz bu yo’sinda faqat olg’a qadam bosib, shu yurt, shu xalq uchun jon jahtimiz bilan harakat qilamiz. Lekin shunday holatlar ham bo’ladiki! Ayrim kimsalar bizning tinchligimizga rahna soladi. Ular din niqobi ostiga berkinib ayrim kimsalarni to’g’ri yo’ldan qaytarib o’zlarining qabix niyatlari amalgam oshiradi. Biz yosh avlod bunday qabix rejalarga qarshi ekanmiz ularning rejalari puch. Biz mustaqil avlod farzandlari mustaqil yurtimizda kamol topayotgan ekanmiz bizni to’g’ri yo’ldan adashtirmoqchi bo’lgan insonlarning rejalari hech qachon amalgam oshmaydi.
Yurtimning viqorli tog’lari, go’zal bog’lari, zilol suvlari, shaffof sharsharasi, ona tabiati mana shunday go’zal zamonda hurlik sari odmlar ekan bunyodkorlik, ijod izlanish , har niyati kelajakka katta ishonch, umidni o’ziga yo’ldosh aylagan qami-qarindoshlarim bu mening xalqim, millatdoshlarim.
Men ular timsolida mustaqil vatanimni gullab yashnab, xalqimning “Ozod Vatanim” deya hayqirgan ovozini, tariximning yorqin ajdodlarimni tariflashni, bot-bot Vatanimni yanada go’zal qirralarini tariflashni istayman. Kelgusida, kelajakda Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonimdek ijodkor shoira qiz bo’lib yetishish eng oily istagim, maqsadimdir. Men shu maqsadlar, istaklar sari harakatlanar ekanman shu yurtning nafaqat buguni balki ertasini yorug’ qilishga harakat qilayapman, izlanayapman…..

вторник, 1 октября 2013 г.

Ma'naviyat makoni

Ma’naviy ozuqa
      Qadimda savdogarlar o’z mollarini boshqa davlatlarga tashish uchun ulkan kemalardan foydalanishgan. Lekin shunday ulkan kemalar borki, u xalqqa, jamiyki olamga asrlar mobaynida ma’naviy ozuqa tashib kelmoqda. Bu narsa-kitob. Kitob xalq boyligi. Bu boylik qancha asr tarixini insonlarga so’ylab, shu insonlarni o’zligini anglashga ko’maklashadi. Agar kitob yoki yozuv bo’lmaganda edi biz o’tgan vaqt mobaynida qanday ajdod farzandlari ekanimizni bilmagan bo’lardik. Ongi yo’q qoloq xalqlar qatoridan bo’lardik xolos. Kitob nafaqat tarixni so’ylaydi, balkikelajakda qanday inson bo’lishimiz haqida o’z fikr va muloxazalarini bayon etadi. Kimlar uchundir kitob shunchaki buyum sifatida qaraladi. Lekin kitob insonning do’stidir. U yolg’izlikda sirdosh, quvonchda hamroh, qayg’uda do’st qiyin vaziyatda maslahatdosh, uzoqni ko’radigan, oq qorani ajratishda ko’mak beradigan – ma’naviy ko’zgu hisoblanadi. Kitob tarixining o’zi bir doston. Kitob xayot tarixining hikoyaviy ko’rinishidir. O’sha ma’naviy ozuqani qancha ko’p o’qigan insonnafaqat xayotiy tushinchalarni anglaydi, balki bilim jihatidan boyiydi. Mustaqil fikrlash qobilyati, ma’naviy so’z boyligi, ta’lim –taribiya, bilim bunung barchasi bilim manbayi kitobga bog’liq.
         Manashu ma’naviy ozuqa mustaqil demokratik davlat ostonasoda turgan buyuk mamlakatlar uchun tamal toshi vazifasini o’taydi. Jumladan: gullab yashnayotgan ona zaminimiz O’zbekistonda ham manashunday ma’naviy boylikka o’zgacha etibor, katta talab bilan qaralmoqda . bu talab asosida:yurtboshimiz aytganidek” Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimliroq, kelajagi porloq, yurt farzandlari bolib yetishib chiqmog’I lozim” –degan g’oya ilgari surilgan. Manashu birgina so’z yoshlarimizni jahon mirbarlarida yurt shanini himoya qilish kabi tuyg’ularni uyg’otadi. Bu narsa esa kitobga bo’lgan ehtiyojni yanada ko’proq uyg’otadi.manashu ma’naviy ozuqa yoshlarda, jamiyatda bugungu talabda o’zgacha rol o’ynaydi. “ Kitobni bejizga bilim manbayi” deb aytishmagan. Yoshlarimiz qancha ko’p manashu bilim manbayi sari intilsalar, uni ham o’qib ham uqsalar yurtimizning kelajagi porloq hech shubhasiz buyukdir.

Darmondori

Shifobaxsh ne'matlar

        Tarvuz qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik bo’lib, uning vatani Markaziy va Janubiy Afrikadir. Eng muhimi, tarvuzda yengil hazm bo’luvchiva foydali moddalar boshqa ho’l meva hamda savzovodlarga qaraganda 10 barobar ko’p.
Vitaminlar ombori
    Tarvuzning etidan tashqari po’chog’i urug’i ham koni foyda. Eitdan temir va vitamin V k’opligi bois kam qonlikka tavsiya etiladi. Kletchatka va organic kislota kamligi uchunesa gasprit, oshqozon va 12 barmoq ichak kasalliklarida ham shifobaxsh hisoblanadi.

Tarvuz sharbati chanqoqni yaxshi qondirish bilan birg, o’t va pesho haydash xususiyatiga ega, yallig’lanish bilan bog’liq bo’lgan hastaliklarning oldini oladi. Xalq tabobatida tarvuz sariq kasalligi bilan og’rigan bemorlarga tavsiya qilinadi. Bezgak xurujida ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ozishga yordam beradi, parishonxotirlikni bartaraf etadi. Shuningdek o’t pufagi buyrak va qovoqdagi mayday tosh hamda qumlarni eritish ularni organizmda chiqarish xususiyatiga ega.
Tarvuz yegan odam shamolashga nisbatanchidamli bo’ladi. Tarkibidagi qand furuktoza ko’rinishida bo’lganligi qandli diabet bilan og’riga bemorlar ham yeyishlari mumkin.
Xalq tabobatida sut bilan yaxshi qorishtirulgan tarvuz urug’ining mag’zi gijja haydovchi vositalarida biri sanaladi. Sharbati podagrada yengillik berib, artritga davo hisoblanadi. Yangi ko’k hamda quritilgan po’choqlaridan bolalarda uchraydigan korit kasalligida davolanishda foydalaniladi. Mazkur xushta’m poloiz ekini sklerozga qarshi ne’mat sifatida tafsiya etiladi. Kamqonlikda esa organizmga darmon bag’ishlaydi.